Shisha va so’r/ichlar nima uchun zararli?
Shisha idishdan emizish ich ketishiga moyillikni ko’paytiradi, tish va o’rta
quloq yalli/lanishini kuchaytiradi va o/iz bo’shli/i dinamikasini o’zgartiradi
Ko’krak yoshidagi bola ovqatlantirish vaqtida yetarli darajada diqqat e’tibor
ololmasliklari xavfi ortadi.
Shisha idish va so’r/ichlarni cho’tka bilan doimiy yuvib, keyin qaynatib
sterilizatsiya qilish lozim, bunda issiqlik energiyasi ko’p yo’qotiladi.
Shuning uchun respublikamizning qishloq sharoitida buni amalga oshirish
qiyin.
Ko’p hollarda shishadagi aralashmalarga shirin qattiq moddalar qo’shiladi, bu
esa tishlar kariesiga moyillikni oshiradi, xuddi so’r/ichlarni asal va shakarga
xo’llab berilgan singari.
Shisha idishdan ovqatlantirilgan bola ko’krak sutini yaxshi ema olmaydi. Bu
ko’krak bilan emizish soni va intensivligini buzadi.
Ko’krak yoshidagi bolalarni emizishni alternativ usuli piyoladan
ovqatlantirish hisoblanadi. Bu usulni ko’pincha ko’krak bilan emizishni kechroq
boshlash kerak bo’lgan bolalarga tavsiya qilinadi. Piyoladan tý/ri ovqatlantirish
bolaga ovqat kirishini nazorat qilishni boshqarishga yordam beradi; bolani o/ziga
sutni quymaslik kerak.
Piyoladan ovqatlantirishning afzalliklari:
Bola ovqatlantirilganda tilidan foydalanadi
Bola o’zi piyoladan ovqatlanadi, qancha ovqat qabul qilish va uning vaqtini o’zi
belgilaydi
Piyola shishaga qaraganda xavfsiz, uni suv va sovunda oson yuvsa bo’ladi.
Shishaga qaraganda piyolani kamroq olib yuriladi shuning uchun bakteriyalar
ko’payishiga imkoniyat kamroq bo’ladi.
Ona yoki bolani parvarishlaydigan boshqa shaxs piyoladan ovqatlantirilganda
bolani ushlab turishi va u bilan ko’prok muloqotda bo’lishi mumkin, bu esa shishadan
ovqatlantirishga nisbatan, bolani ruxiy stimullaydi.
Piyola bilan ovqatlantirishni 6-oygacha qo’llash qulay, chunki qoshiq bilan
ovqatlantirish ko’p vaqtni talab qiladi va ona bola to’yguncha ovqatlantirishni
to’xtattib qo’yishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |