Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
199
MUBOH (arab. - umumiy, ixtiyoriy ish-harakat) - shariat tushunchalaridan biri. Unga
ko‘ra, qilish va qilmaslik barobar bo‘lgan amal. Uni qilgan kishiga ham, qilmagan kishiga
ham
savob ham, gunoh ham yo’qdir. Harom bo‘lmagan, man qilinmagan
(qaytarilmagan) ishlarning hammasi M.dir. Mas., o‘tirish, turish, yurish, yotish, uxlash,
halol taomlarni yeyish va b. M. amallarning adadi behisob. M. bilan joiz tushunchasi
mazmunan bir.
M. masalasi fiqhning ahkom bo‘limi tomonidan talqin qilinadi. Mazhabga ko‘ra, bir xil
xatti-harakat M. yoki M. bo‘lmasligi mumkin. Hoz. islom jamiyatida M.
muammosi ancha
dolzarbdir, chunki u jamiyat hayotidagi va maishiy turmushdaga yanga hodisalarni qabul
qilish yoxud rad etish bilan bog‘likdir. Chunonchi, artistlik va badiiy ijod ayniqsa,
rassomlik va musiqa bilan bog‘liq ko‘plab savollar
xususida anchadan buyon
munozaralar mavjud. "Ortiqcha dabdaba deb bilinadigan narsalar" tushunchasini
belgilash, cho‘chqa terisi va moyidan foydalanib tayyorlangan import mahsulotlar
(poyabzal, kosmetika)ni ishlatish mumkinligani anikdash,
yevropacha kiyinish, ayniqsa,
ayollarni shunday kiyim kiyish imkoniyatlarini belgilash, bo‘sh vaqtdan foydalanish va
b.ni aniklash juda murakkab bo‘lib kelmoqda. Har bir mamlakatda umumiy sharoitdan
kelib chiqib M.ning eng kam cheklanishlari ustidan nazorat
qilish kuchli yoki kuchsiz
bo‘lishi mumin. M. masalalarini hal etishda huquqning ratsional manbalari (istihson,
istisloh va b.)ni jalb etish katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: