Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
206
MUTAKALLIMLAR - musulmon ilohiyot olimlari. Ular islom diniy-aqidaviy ta’limoti -
kalomni asoslab bergan. Hoz. islom ruhoniylari va ulamolariga nisbatan M. atamasi
qo‘llanilmaydi, u tarixiy tushunchaga aylangan (yana q. Ash’ariylar).
MUT’A (arab. - vaqtincha foydalaniladigan narsa) - shialikdagi ma’lum mablag‘ evaziga
qilinadigan muvaqqat nikoh. M. asosida shialik shariati
qozi tasdiqlagan rasmiy
shartnoma asosida erkaklarga vaqtincha xotin olishga ijozat beradi. M.ning muhlati 1
kundan 99 y.gacha belgalanishi mumkin. M. nikohdik xotin va undan tug‘ilgan bolalar
qonuniy xotin va undan tug‘ilgan bolalardan huquqiy jihatdan cheklanganroq bo‘lgan.
Qiz bolaga M. nikohidan o‘tish taqikdangan. M. nikohi shialik tarqalgan xorijiy
mamlakatlarda hozir ham amalda, lekin u ko‘pincha yashirin qilinadi. Ahli sunna val
jamoaning to‘rttala mazhabida ham M. harom deyilgan. Ya’ni, M.ni zino-noshar’iy
jinsiy
aloqa deb e’tiborga olingan. Bunga Qur’on va sunnatdan dalillar keltirilgan.
MUFID, ash-Shayx Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad al-Ukbariy al-Horisiy (948
yoki 950-1022) - shialikdagi mashhur ilohiyotchi va faqih, imomiylikning nazariyotchisi
va faol targ‘ibotchisi. Otasi Vosit sh.da o‘qituvchi bo‘lgan, uning birinchi laqabi - Ibn al-
Mu’allim ("muallimning o‘g‘li") shundan. Bag‘dodda mashhur ilohiyotchi, faqihlardan
ta’lim olgan. Mohir suxandon bo‘lgan M. imomiy ilohiyotchilar peshvosiga aylangan.
Uning targ‘ibotchilik faoliyati Buvayhiylar rahnamoligida o‘tgan,
shu tufayli imomiylar
aqidalari Iroqda, ayniqsa Bag‘dodda keng tarqalgan. Bu esa, shialar va sunniylar
o‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib kelgan. Diniy nizolarga barham berish uchun xalifa
shialarning g‘oyaviy rahbari M.ni Bag‘doddan badarg‘a qilishga majbur bo‘lgan. M.
Bag‘dodda vafot etgan, o‘z
hovlisiga dafn etilgan, bir necha yildan so‘ng uning hoki al-
Mashhad (al-Kozimayn)ga ko‘chirilgan. Uning qabri hozirgacha ziyoratgoh sanaladi.
M. 200 ga yaqin asar yozgan (shundan 25 tasi saqlangan). Uning bir qancha asarlari
imomiylik nazariyasi,
ilohiyot va fiqh, Qur’on tafsiri va hadislar, shialar tarixi, imomlar
hayoti va b. ga doir.
Dostları ilə paylaş: