www.ziyouz.com kutubxonasi
205
Tavrot kitobi nozil etilgan. Biroq yahudiylar, bu kitobdagi ma’lumotlarni, nasihatlarni
buzgan, deb nakd qilinadi. M. (as) Nabu tog‘iga borib, o‘sha yerda vafot etgan.
MUSTAKRAH (arab. noloyiq, nomaqbul hisoblangan) - uni qilgandan ko‘ra qilmagani
yaxshiroq bo‘lgan amallar. Taomni katta-katta yeyish, ko‘chada ovqatlanish, baland
ovozda kekirish, uvlab esnash kabilar M.ga kiradi.
MUSTAHAB (arab. - sevilgan, yoqtirilgan) - shar’iy amal; uni bajargan kishi savobli
bo‘ladi, bajarmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Shar’iy hukmlar kitoblarida mo‘min-
musulmonlar qilipshari ma’qul bo‘lgan o‘nlab M. amallar (nafl namozlarini o‘qish, nafl
ro‘zasini tutish, sadaqalar berib yurish, turmushda oddiy odob qoidalariga rioya etish,
atrofdagi odamlar uchun turli foydali ishlar
qilish va h. k.) ko‘rsatib o‘tilgan.
MUSULMON - q. Muslim.
MUSULMON BIRODARLAR - q. Ixvon al-muslimun.
MUSHAF (arab. - sahifalangan) - xalifa Abu Bakr Siddiq, (ra) davrida Qur’onni kiyik
terisidan bo‘lgan sahifalarga yozilgan to‘plami, sahifalangan Qur’on. Xalifa Usmon ibn
Affon (ra)ning davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalari M.lar deb nomlangan. Keyinchalik
kitob shaklidagi Qur’onning har bir nusxasi M. deb nomlanavergan. Shu ma’noda
M.larning tahoratsiz ushlash, ular bilan tahoratxonaga kirish man qilinadi. Toshkentda
O’zbekiston musulmonlari idorasida saqlanadigan Qur’onning qad. qo‘lyozmasi (7-a.)
ham M. nusxalaridan biridir.
MUTAASSIBLIK - o‘z e’tiqodi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga
murosasiz munosabatda bo‘lish. M.ka yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari
jamiyatda beqarorlikni vujudga keltirishga urinadi. Insoniyat tarixida bunday e’tiqoddan
g‘arazli maqsadlarda foydalanilgan. M.ning paydo bo‘lishiga diniy ziddiyatlar,
shuningdek, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarning hal qilinmagani ham sabab
bo‘lishi mumkin. Islom dini M.ga xayrixohlik bildirmaydi. Aksincha, teran o‘ylashga,
boshqalarga nisbatan murosali bo‘lishga chaqiradi.