Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
207
MUSHABBIHA (arab. - o‘xshatuvchilar, o‘xshatish tarafdorlari)
- islom ilohiyotida
xudoni odamga o‘xshatib tasvirlaydigan ta’limot (antropomorfizm). Islom ilohiyoti -
kalom tarafdorlari M. tarafdorlarini rad etib, ularga qarshi kurash
olib borgan va ularni
sanamga sig‘inuvchilar deb qaragan (yana q. Tashbih, Mujassima).
MUSHRIKIYLIK, mushriklik (arab. -sheriklik, - xudoning sheriklari bor,
degan
tushunchadan) - ko‘pxudolikning arab qabilalari o‘rtasvda islom vujudga kelishidan oldin
keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h.k.ga,
shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga e’tiqod qilgan. M. tushunchasi Qur’onda
xudoni yakka deb e’tirof etmay,
uning sheriklari bor, ya’ni xudolar ko‘p, deb tasavvur
qilinadigan qabilaviy dinlar ta’limotiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav)
yakkaxudolik ta’limotini targ‘ib qilib, M.ni qoralaganlar, islom ta’limoti M.ka qarshi
kurash jarayonida shakllangan (yana q. Shirk).
Dostları ilə paylaş: