www.ziyouz.com kutubxonasi
213
Agarda na dalillar, na guvoxlarning ko‘rsatmalari tomonlardan birining haq ekanini
isbotlay olmasa, tomonlar qasam ichiriladi, bunda ayblovchi tomon birinchi bo‘lib
qasamyod qildiriladi. Bordi-yu, mana shu barcha imkoniyatlar ham samara bermasa,
tsa’volar isbotlanmasa, jarayon to‘xtatiladi. Agarda ayblovchi tomon jarayondan so‘ng
qo‘shimcha dalillar topgudek bo‘lsa, u yangi jarayonni boshlashi mumkin bo‘lgan. Hozirgi
davrda bunday sud jarayonlari, asosan, urf-odatni buzish bilan bog‘liq, oilaviy va ba’zi
mulkiy munosabatlar (merosxo‘rlik va mulk gaqsimoti, vasiylik, topshiriq, mahr to‘lash
ustidan nazorat va b.)ni ko‘ruvchi diniy sudlardagina olib boriladi. Murakkab zamonaviy
usullarni qo‘llash bilan bog‘liq tekshiruvni talab qiluvchi barcha ishlar diniy sudlar
tomonidan ko‘rilmaydi.
MUHOSIBIY, Abu Ali al-Horis ibn Asad al-Anaziy (taxm. 781-857) - bag‘dodlik
ilohiyotchi, so’fiylikning birinchi nazariyotchilaridan biri. Basrada tug‘ilgan. Hadislar va
fikxni mashhur alloma Yazid ibn Horun (821 y. v.e.)dan va Abu Ishoq al-Kurashiy degan
shaxsdan o‘rgangan. Yoshligida Bag‘dodga ko‘chib o‘tib, o‘qishni mustaqil davom
ettirgan. U zohidona turmush kechirgan, otasi qoldirgan katta merosdan voz kechgan,
zero, u mutaziliylarning "inson irodasi erkinligi" haqidagi ta’limoti tarafdori bo‘lgan.
M.ning taqvodor va bilimdonligi unga katta shuhrat keltirgan va uning atrofida ko‘plab
shogirdlar to‘planishiga olib kelgan. Biroq, taxm. 846 y. Ibn Hanbalning o‘zi
boshchiligida hanbaliylarning unga qilgan quvginlari oqibatvda u o‘z va’zlari va darsini
to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Uni bid’atda ayblashgan va Bag‘dodni tark etishga majbur qilishgan. U qolgan umrini
butunlay darveshona hayot kechirib, har qanday ijtimoiy faoliyatni to‘xtatgan,
qashshoqlikda vafot etgan.
M. ("Qalblar va xotiralar") asarida so’fiylik "psixologiyasi"ning asosiy qoidalarini ta’riflab
bergan. Shaxs o‘z-o‘zini kamolotga yetkazishining asosiy vositasi o‘z-o‘zini kuzatuv va
o‘zini nazorat qilishi (muroqaba va muhosaba) deb bilgan. Laqabi Muhosibiy shundan
olingan, ya’ni "o‘zini-o‘zi nazorat qiluvchi, o‘ziga-o‘zi hisob beruvchi". M. 30 dan ziyod
asar yozgan, ulardan mashhurlari "Kitob ar-ri’aya li-huquq Alloh" ("Allohning haqlariga
rioya qilish"), "Kitob at-tavahhum" va "Kitob al-ba’s va-n-nushur" ("Qayta tirilish va
yig‘ilish kitobi"), so’fiylikka qadam qo‘yganlar uchun o‘gitlar sifatida "Kitob al-vasaya"
("Tavsiyalar kitobi") va b.
M. Bag‘dodning mashhur so’fiylari an-Nuriy (907 y. v.e.) va al-Junayd (910 y. v.e.) va
b.ning ustozi bo‘lgan. Uning qarashlarini al-G’azoliy qabul qilib, ularni yuqori baholagan.
"Kitob ar-ri’aya" butun musulmon olamida keng mashxur bo‘lib, uni muridlar uchun
"shart bo‘lgan adabiyotlar" sifatida tavsiya etishgan.