Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
324
YETIM - islom ta’limotiga ko‘ra, onadan emas, otadan ayrilgan norasida (balog‘at
yoshiga yetmagan) go‘dak. Chunki, farzand tug‘ilganidan so‘ng uni boqib, voyaga
yetkazish otaning zimmasida bo‘ladi. Ye.ning hakqini yeyish katga gunoh hisoblangani
kabi uni o‘z
kafolatiga olish, unga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lish eng ulug‘
savoblardan sanaladi. Bu hakda ko‘plab Qur’oni karim oyatlari va Paygambar hadislari
mavjud. Sadaqa berish va har qanday ehson qilishda miskin, faqirlar bilan bir qatorda
Ye.ning ham haqqi bor ekani zikr etiladi.
YOSIN, Yasin - Qur’ondagi 36-suraning nomi. Sura avvalidagi "ya" va "sin" harflaridan
tashkil topgan "yosin" kalimasi suraga nom bo‘lib qolgan. Bu sura Makkada nozil bo‘lgan
va 83 oyatdan iborat. Yo.ning fazli haqida ko‘pgina xadislarda rivoyat qilingan. Ularning
aksariyatida Yo. surasi Qur’onning qalbi ekani ta’kidlangan. Shuning uchun "Qur’on
qalbi" suraga ikkinchi nom bo‘lib qolgan. Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi Yo.
ham asosiy e’tiborini e’tiqod masalasiga qaratadi. Xususan,
qayta tirilish, Payg‘ambarlik
hamda Alloh taoloning vahtsoniyati masalalariga apohida e’tibor beradi. Surai
karimaning boshida Qur’oni karim bilan qasam ichilib, Muhammad (sav)ning haqiqiy
Payg‘ambar ekanliklari ta’kidlanadi. Jaholatga botgan quraysh kofirlarining haddan
oshib, Muhammad (sav)ni yolgonchiga chiqarganlari haqida so‘z yuritiladi. Shundan
so‘ng bir qishloqqa yuborilgan Payg‘ambarlar va ular bilan o‘sha
qishloq aholisi orasida
bo‘lib o‘tgan hodisalar keltiriladi. Payg‘ambarlikni inkor etganlarning oqibati nima bilan
tugaganiga urg‘u beriladi. Iymonga kelgan bir odamning o‘zini qanday tutgani va uning
oqibati nima bo‘lgani ham ajoyib uslub bilan bayon etiladi. Keyin esa, Alloh taoloning
borliqdagi vahdoniyatiga va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi hodisalar haqida so‘z
ketadi. Ko‘rib-qaqrab yotgan yerga hayot kirishi, kecha
bilan kunduzning almashinuvi,
quyoshning ziyo sochib, o‘z o‘rnida aylanishi, oyning burjlarga chiqib-botib turishi va b.
jarayonlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, qiyomat kuni va uning dahshatlari, sur
chalinib, o‘liklarning qayta tirilishi, ularning mahsharga to‘planishi, kishilarning mo‘min
va
kofirga ajralishi, ularga mukofot va jazo berilishi kabi mavzularga ham surada o‘rin
berilgan. Yo. insonlarning jismoniy azoblarini yengillashtiradi, shuning uchun uni ovoz
chiqarib o‘lim to‘shagida yotgan bemor tepasvda yoxud ro‘za vaqtida o‘qiydilar. Yo. dafn
marosimida, qabr tepasida ham o‘qiladi. Hadisi shariflarda rivoyat qilinishicha, kimki bu
surani ixlos bilan o‘qisa hojati ravo bo‘lishi, och bo‘lsa qorni to‘yishi, tashna bo‘lsa serob
bo‘lishi, kiyim-boshga ega bo‘lishi, xavf-xatarda bo‘lsa
xotirjamlik topishi, kambag‘al
bo‘lsa boy bo‘lishi, mahbus bo‘lsa ozod bo‘lishi, qarzdor bo‘lsa qarzidan oson kugulishi
kabi va’dalar bayon qilingan. Yo. surasi yozilgan tumorlarni taqib yurish qadimdan udum
bo‘lgan. Sura erkaklar ismida ham uchraydi. YoFAS, Abu Turk (g‘arb manbalarida Iafet,
Yafet) s Nuh payg‘ambarning uch farzandidan biri (Som, Xom bilan birga). To‘fondan
so‘ng omon qolgan Nuh (as) o‘g‘illariga Yer yuzini bo‘lib bergan. Jumladan, Ye.
«otasining hukmi birlan... Atil (Itil) va Yoyiq suvining yoqosig‘a bordi. Ikki yuz ellik yil
anda turdi. Taqi vafot tobdi. Sakkiz o‘g‘li bor edi (Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming, Chin,
Qamari, Tarix)» («Shajarayi turk»). To‘ng‘ich o‘g‘li nomidan Yo.ni «Abu Turk»
(«Turkning otasi») deb ham atashgan. Mirzo Ulug‘bekning yozishiga
qaraganda, Yo.ga
«Chin Mashriqining boshqa muhitlari, Qomarun tog‘lari va rus yerlari oxirigacha
cho‘zilgan oq cho‘qqilar va beshinchi iqpimning qolgan uchdan bir qismi to ma’mur
yerlarning oxirigacha va Shimolning zulumotigacha yerlar baxsh etilgan edi...
Aytadilarki, Turon zamin va Turkistonni Yo. (as) o‘ziga asrab qo‘ygan edi. Shu sababli
uni Abut-turk deyishgan». Qadimda turkiy o‘jalarda yomg‘ir yog‘diruvchi tosh (yada
toshi) yordamida duo o‘qib osmondan yomg‘ir-qor yog‘diruvchi kishilar bo‘lgan. Mana