Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
326
tashlab o‘zlarini saqlab qolishlariga kelishib olishdi. Kur’a bir necha bor tashlansa ham
Yu.(as)ga tushaverdi. Shundan so‘ng Yu(as) dengazga tashlandi. Alloh katta bir kitga
Yu.(as)ni yutishni va unga biron aziyat yetkazmaslikni amr etdi. O’z
xatosini tushungan
Yu.(as) Allohga tavba-tazarru qildi Alloh Yu.(as) ning duolarini qabul etib kitga amr qildi
va kit uni dengaz sohiliga chiqarib tashladi. Shundan so‘ng u yana o‘z qavmini da’vat
qiladi va xalq Yu.(as)ga imon keltirib 6u dunyo jazolaridan qutuladi. Bu hakda Soffot
surasi 139-148-oyatlarda va Anbiyo surasi 87-88-oyatlarda bayon qilingan. Yu.(as)
qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabr-toqatli bardoshli bo‘lishga da’vat bor. Hoz.
vaqtda Iroqda Yu.(as) payg‘ambarning Mosul sh. yaqinidagi qabri qadamjolarda
hisoblanadi.
YUSUF (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Ya’kub (as) ning o‘g‘li
Qur’onning 12-surasi Yu.(as)ning nomi bilan ataladi va undagi hikoya "eng go‘zal qissa"
deb nomlanadi. Alloh Yu.(as)ga tushlar ta’birini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql
qilishlaricha, Ya’qub (as) o‘z farzandlari orasida Yu.(as)ni ko‘proq yaxshi ko‘rar edi.
Akalari unga hasad qilib quduqqa tashlab yuboradilar va Yu.(as)ning o‘limi
haqida
otasiga yolg‘on gapiradilar va Yu.(as)ni dashtda bo‘ri yeb ketdi deb aldaydilar.
Karvonchilar Yu.(as)ni kudukdan chiqarib misrlik badavlat odamga sotadi. Uning xotini
Zulayho Yu.(as)ni sevib qolib yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi. Yu.(as) Allohdan qo‘rqib,
ko‘nmaydi va Zulayho ig‘vosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi, zindondagilarning va
Misr hokimining tushi ta’birini to‘g‘ri aytib, u yerdan qutuladi.
Davlat xazinasini saqlovchi
lavozimiga tayinlanadi. Yu.(as)ning yurti Falastinda ocharchilik boshlanib, akalari uning
oldiga keladi. Yu.(as)ning hayot ekani xursandchilik
xabarini eshitgan otasi
Ya’kub(as)ning ko‘zi tuzalib ko‘radigan bo‘ladi. Islom an’anasida Yu.(as) chiroyli yigit
sifatida tasvirlanadi. Qur’onda Alloh barcha ummatlar boshlariga tushgan balo-qazolarga
sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi.
Dostları ilə paylaş: