Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
328
yo‘qotish haqida buyruq berilgan. Z.i.S. shuningdek mol-mulkni taqsimlash qoidalari
(faroiz) ning bilimdoni, hazrat Umar (ra) davrida qabilalar devonini
tuzuvchilardan biri
ham bo‘lgan. Xalifa Usmon (ra) davrida Madinada xalifaning xazinaboni bo‘lgan va
qozilik qilgan.
ZAYD ibn HORISA (? - 629) - sahoba, Muhammad (sav)ning
ozod qilgan quli va
tutingan o‘g‘li. Yoshligidan Payg‘ambar (as) oilasida tarbiyalangan. Xadichadan keyin
makkalik ilk musulmonlarning uchinchisi, Qur’onda zikr
qilingan birdan-bir sahoba
(Ahzob, 37). Zaydning otasi Horisa qadoa qabilasidan edi. Kichik yoshdaga Zayd onasi
bilan birga qabila ziyoratiga borayotib asir tushgan, Makkaga
keltirib Ukoz tijorat
markazida sotilgan. Bozordan hazrati Xadichaga atab sotib olingan. Zaydni keyinchalik
Xadicha onamiz hazrati Muhammad (sav) ga hadya qilgan. Rasuli Akram (sav) esa, uni
qullikdan ozod etganlar va Zayd otasi va qabilasiga qaytib ketishni istamagach, uni
farzandlikka qabul qilganlar. 3. Badr jangidan tortib Muta jangida shahid bo‘lgunga
qadar barcha g‘azavotlarda Muhammad (sav) bilan birga bo‘lgan. Payg‘ambar (as) chor
atrofga yuboradigan sariyyalarga (o‘zlari bo‘lmagan qo‘shinlarga)
doimo Zaydni amir
etib tayinlaganlar. Zayd Muta jangida kdtnashgan askariy qo‘shinga amirlik qilgan va
jangda halok bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: