www.ziyouz.com kutubxonasi
330
mikdoridagi mablag). Mazkur mablag kishining o‘zi va qaramog‘idagilarning zaruriy
ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lishi lozim. Bu mablag‘ga kishining jamg‘armasi, do‘kondaga
sotiladigan mollari, sotaman deb olib qo‘ygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi.
Qur’oni karimning ayrim suralarida 3. namoz bilan yonma-yon zikr etilgan. U yilda bir
marta berilishi shart bo‘lgan xayr-ehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat
hisoblanadi. Beriladigan Z. mikdori mablag‘larning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng; Zotan
Z.ning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatlarini chiqarmoqdir. Z.ni bera olmaydigan
musulmonlar olishga haqli, avval Z. qarindoshlar orasvdaga muhtojlarga, unday
qarindoshlar bo‘lmasa, so‘ng boshqa kambag‘al, qarzdor, musofirlarga beriladi.
Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan Z. miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan.
ZALOLAT (arab. - adashish, haqiqatdan yuz o‘girish, gumrohlik) - haqiqiy e’tiqoddan
adashish, yuz o‘girish, aynish. Hidoyatning qarama-qarshisi. Sharq mutafakkirlarining
ta’kidlashlaricha, Z. to‘g‘ri yo‘ldan chiqib ketishdir. Boshqa guruhlar fikricha, Z.
maqsadga erishish uchun olib boradigan narsaning yo’qligvdir. Tasavvuf axli odamni
to‘g‘ri yo‘ldan boshlab olib bora olmagan tariqatni Z. deb hisoblaydi.
ZAMAXSHARIY, Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (1075-1144) -
tilshunos, shoir, mu’taziliylar nazariyotchisi, faqih. "Jorulloh" - "Allohning qo‘shnisi",
"Butun dunyoning ustozi", "Xorazm faxri" nomlari bilan ulug‘langan. Xorazmning
Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi rahbarligida savod chiqarib, Gurganjda, Buxoroda
ilm olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saroyida xizmat qilgan. 1118 y.dan butun umrini
ilm-fanga bag‘ishlagan. Ikki marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda vafot etgan.
Z arab tili, adabiyot, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asar yaratgan,
ularning 20 ga yaqini saqlanib qolgan. Uning Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan "Qur’on
haqiqatlari va uni sharxdash orqali so‘zlar ko‘zlarini ochish" ("Al-Kashshof an haqoiq it-
tanziyl va uyun-il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl) asari mashhurdir. 1132-1134 ylarda
Makkada yozilgan bu kitob qisqacha "Kashshof" deb ataladi. Mu’taziliylik ruhidagi bu
asarda Z Qur’onning yaratilgani g‘oyasi ifodalangan. Tavhid (yakkaxudolik)
tushunchasini, Alloh sifatlarini mu’taziliylar nuqtai nazaridan talqin qilgan. Asar Qur’on
matnini chuqur filologik tahlil qilganligi bilan qimmatlidir. Bu asar dunyoning turli
shaharlarida qayta-qayta nashr qilingan. Musulmon ahli, olimlar undan hozirgacha
muhim dastur sifatida foydalanadilar. "Kashshof"ning yuzga yaqin qo‘lyozmasi va unga
yozilgan 20 dan ortiq sharhi bor. Z.ning fiqhga oid "Turli masalalarning muhimi",
"Vorislik huquqi ilmi bo‘yicha mashq", din asoslari haqidagi "Usuldagi tartibotlar",
"Shahodat kalimasi haqida risola", hadislarga bag‘ishlangan "G’arib hadislar haqida
ajoyib asar", shuningdek til, nahv masalalarini keng yoritgan kitoblari, she’riy devonlari
saqlangan bo‘lib, ular turli tillarga tarjima qilinib chop etilgan.