Tasavvuf va fikx. R e j a



Yüklə 25,34 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü25,34 Kb.
#166880
  1   2   3   4
5-maruza


Tasavvuf va fikx.
R e j a:

  1. Islomning avvalgi davrdagi okimlari. Tasavvuf islomdagi mistik okim, uning kelib chikishi va tarakkiy etishi.

  2. Fikx ilmining tarakkiy etishi va maktablari.

  3. Fikx tarixiy ijtimoiy xaetni urganishda muxim manba.

Mistitsizm, mistika suzlari kadimiy yunon tilidagi mistikos –yashirin, sirli ma`nolaridagi suzdan olingan bulib, iloxiet bilan bevosita mulokat kilish mumkinligi xakidagi ta`limot. Bu ta`limot insonning Xudo bilan akl va xissietdan yukori bulgan sirli alokasi bulib, uning natijasida insonda Xudoni bilish xosil buladi. Kadimiy Shark va Yunon dinlarida xam insonni gayritabiiy kuchlar bilan boglaydigan urf odatlar -misti–izm elementlari bor edi. Feodalizm davrida mistitsizmning ikki yunalishi mavjud bulib, ular ortodoksal –cherkov mistitsizmi va eretik mistitsizm edi. Birinchisiga kura inson butunlay Xudoning xukmiga buysungan bulib, uning xoxishiga karab unga etishishi mumkin bulsa, ikkinchisining ta`limotiga kura inson uz xarakatlari bilan xam Xudoga etishishi mumkin deyiladi.


Sufiylik islomdagi mistik asketik okimdir. Sufiy eki mutasavvif suzlarining kelib chikishi xakida turlicha fikrlar mavjud Sufiy mualliflari kupincha uning kelib chikishini SFV(sof bulmok) uzagidan eki «axl as-suffa»ga etgishli deb ta`kidlaydilar. Garbiy Evropa tadkikotchilari to XX asrga kadar uning kelib chikishini Yunoncha sofia –«xikmat» suzidan kelib chikkan degan fikrga moyil bulishgan. Endilikda urta asr musulmon olimlari ta`kidlagan bu suzning «suf» (jun) suzidan kelib chikkanligi xakidagi fikrlari umum kabul kilingan fikr xisoblanadi. Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dagal jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jaxongashta monax va anaxoretlarni sufiy deb atalar edi degan mu`lumotlar xam bor.
Tasavvufga asos bulgan tarkidunechilik kayfiyatlari deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Paygambar a.s.ning Abu-d Dardo, Abu Zarr, Xuzayfa vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi saxobalri xisoblanadi. Ammo islomdagi asketik-mistik okimning shakllanishi VIII asrning urtalari IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar katoriga muxaddislar, korilar, kussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida katnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, shu jumladan islomni kabul kilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy eki at-tasavvuf terminlari xali keng tarkalmagan edi: uning urniga zuxd (tarkidunechilik) eki zoxid, obid suzlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik-asketik okimning paydo bulishi va tarakkiy etishiga musulmon jamiyattidagi birinchi ikki asr davomidagi siesiy-ijtimoiy bekarorlik, diniy xaetning murakkabligi. Uning natijasida kelib chikkan ma`naviy-goyaviy izlanish va boshka dinlarning xususan xristianlikning ta`sirini kursatish mumkin.
Ilk davr sufiylarining anikrogi zoxid va obidlarining uziga xos xususiyatlaridan – Kur`oni Karim oyatlari ustida chukur fikr yuritish, Kur`on va Paygambar a.s. sunnatlariga kat`iy amal kilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor utkazish, kunduzlari ruza tutish, xaet lazzatlaridan voz kechish, gunoxdan saklanish, xokim va xarbiylardan uzini uzok tutish, xalol va xarom orasini juda uzok tutish, uzini Allox ixtieriga topshirish va xokazolarni ta`kidlash mumkin. Jumladan fakr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi.
Sufiylik ta`limotlari mu`taziylardagi mavxum iloxietga oid fikrlar, obruli shaxslarga kur-kurona taklid kilish, mukaddas matnlarga suzma-suz itoat etishdan farkli ularok, insonga asosiy ob`ekt sifatida karaydi; insonning amallarini boshkaradigan ruxoniyatining mayda kirralarini xam chukur taxlil kilish, shaxsiy kechinmalarga e`tibor bilan karash va diniy xakikatlarni chukur xis kilish ulargi xos xususiyatlardan edi. Shuning uchun xam ziyrak psixolog, «ilm al-kulub va-l-xavotir» - «kalblar va fikrlar ilmi»ga asos solgan al-Xasan al-Basriy bekorga sufiylikning asoschilaridan xisoblanmaydi.
Al-Xasan al-Basriyning asxoblari, basralik zoxidlar Rabox ibn Amr, Rabi`iy al-Adaviy, ad-Doroniylarning (VIII-IX asrlar) va`z va ma`ruzalarida Alloxga bulgan sof muxabbat, unga yakinlashishga bulgan intilish xakidagi fikrlar paydo buldi.
Usha davrdan boshlab ular sufiylikka anik mistik xarakter bagishlab, sufiylik mafkurasining uziga xos xususiyatiga aylandi. IX asr davomida Tasavvuf nazarieti va amalietini ishlab chikish uchun kizgin xarakatlar davom etdi. Basra bilan bir katorda Bagdod va Xurosan sufiylik maktablari eng nufuzli maktablar sifatida yuzaga keldi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunesiga asosiy e`tiborni karatar edilar. Ularning «axvol», «makomot»lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshka mistik ta`limotlar kabi unga sufiy bosib utganida «dune gunoxkorligidan» poklanib, iloxietga yakinlashishiga sabab buladigan yul sifatida kuradilar. «Niyatlar» xakidagi ta`limot yanada chukurlashtirildi. Bunda uz-uzini nazorat (murokaba, muxosaba) kilishga erishish uchun uning «ixlos» va «sadokat» bilan bulishiga asosiy urugni berdilar. Bagdodlik iloxietchi al-Muxosibiy tomonidan shakllantirilgan bunday ta`limotning Xurosanda kuplab tarafdorlari topildilar va ularni «malomatiylar» deb atadilar.
Tasavvufda Alloxga etishish fakatgina yuzini kurish bilan emas, unga kushilib ketish (fano\bako) bilan bulishi xam mumkin degan fikr ilgarri surildi. Mansur al-Xalloj, ibn Ato, Ayn al-Kudot al-Xamadoniy kabi kishilarning katl etilishi boshka sufiylarni xusherlikka chakirdi.
Tasavvuf manbalarning keltirishicha ba`zi musulmonlar kalom va mantik ilmlardagi turli kurinishdagi tortishuvlardan, kuruk baxslardan uz kalblarini saklab Allox taoloning muxabbati yulida zuxd va takvoni uzlariga kasb kilb oldilar. Bu kabi kishilarga "sufiy" deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardn Abu Xoshim Shomiy (vaf. 160\776-77y) tasavvuf usuliga birinchi marta sharx bergan kishi Imom Molikning shogirdi bulmish Zunnuni Misriy (vaf. 256\869-70 y) minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chakirgan kishi Shibliy, tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd Bagdodiy edi. Aellardin birinchi sufiy bulgan kishi Robi`a Adaviyyidir. Umumaon olganda tasavvufning rivojlanish yuli islom tarixining ajralmas bir bulagidir.
Movorounnaxrga sufiylik Eron rokali kirib kelgan. Movorounnaxrda juda keng tarkalgan sufiylik koim akoid olimi Shayx Abu Yakub Yusuf al-Xamadoniy (vaf. 535\1140-41) maktabidan boshlangan. Yusuf Xamadoniyning maktabi ikki tarmokka ajralgan edi.

  1. «Xurosan madrasasi» ya`ni shaxar va shaxar atroflarida rivojlangan va xalk orasida keng tarkalgan. Bu okimga Xuja Yusuf Xamadoniyning mashxur shogirdi Xoja Abd al-Xolik al-Gijduvoniy (vaf. 1179y) murshidlik kilgan. Keyinchalik bu okimga Xoja Muxammad Baxouddin Nakshband (1318-1389) murshidlik kilgan va bu davrda nakshbandiyya tarikati butun islom olamiga tarkalgan.

  2. Shayx Axmad Yassaviy (1105-1166) va uning shogirdlari nomi bilan boglikdir. Axmad Yassaviy sufiylik tarikatining targibotchisi bulish bilan birga shoir xam edi. U kadimiy uzbek tilida ijod kilgan. Yassaviy asarlari majmuasi 1878 yili nashr etilgan «Devoni xikmat» nomi bilan ma`lum.Bu asar islom mafkurasining sodda ifodasi bulib, sufiylik asoslarini targib kiladi. Uning fikricha, dunening noz-ne`matlarini suragan kishi sufiy emas, balki zuxd va takvoni ixtier etib, umrini toat ibodat xamda yigi bilan utkazgan kishi sufiydir. Uning «Xikmati»i xalk orasida mashxurdir. Yassaviyya tarikati XII asrda Movorounnaxrda paydo bulgan xam keng eyilgan. Yassaviylik ruxiy osoyishtalikka, sufiylik yuliga krishga, pirning raxbarligida «kamolot» sari borishga da`vat etgan. Yassaviyya keyinchalik nakshbandiyya tarikati bilan birlashib ketgan.


Fikx.
VIII-XII asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur rivojlangan bir davr buldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir katorda duneviy ilmlar xam uz rivojiga ega buldi. Islom dini- Arabiston yarim oroli dorasidan chikib, tarakkiy etgan jaxon diniga aylandi. Islomning din sifatida shakllanib, rivojlanishi aynan shu davrlarga tugri keladi. Albatta bunga turli mintakalardagi jaraenlar uz ta`sirini kursatdi. Xususan Movorounnaxrning islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, xadis, kalom va boshka soxalariga kursatgan ta`siri juda kattadir. Ayniksa fikx ilmi soxasida Movarounnaxrning tutgan urni bekiesdir. Umuman olganda islom xukukshunosligi (fikx) uziga xos rivojlanish tarixiga ega.
Fikx- garbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammad Jurisprudence, Le Droit Musulman, Islamische gesets kabi nomlar bilan yuritiladi. Duneda amaldagi xukuk normalaridan farkli ularok, fikx uz ichiga ibodat masalalarini xam kamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga kieslash mumkin. Fikx kadimdan mavjud xukukiy normalarini ibodat va muomala masalalari bilan mushtarak xolda ma`lum tartibga solingan xukukiy tizimdir.
Lugatda: «al-fikx» kalimasi – «anglamok, tushunmok» kabi ma`nolarni beradi.
Istiloxda: «al-fikx» - «Islom xukuki» deb yuritiladi.
Fikx zamonaviy fanlar asosida xozirgacha chukur urganilmagan bulib, mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni kuyib kelmokda.
Fikx –odatda «firu al-fikx» (suzma-suz: «fikx tarmoklari») shariatni konkret soxalarga tadbik kilishdan va «usul al-fikx» (suzma-suz «fikx asoslari») shariat xukm oladigan manbalarni ishlab chikishdan iborat buladi. Tarixiy tadrijga kura «al-fikx» usul al-fikx dan avval paydo bulgan. Fikx ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taksim etilgan. Masalan:

Yüklə 25,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin