bo‘lishi mumkin. Tugunchaning ichki bo‘shlig‘ida urug‘kurtaklar joylashgan. Urug‘kurtaklar
soni o‘simliklarda turlicha, masalan, ko‘knorida bir necha ming bo‘lishi mumkin. Gul urug‘chi
va changchisining bor-yo‘qligiga qarab,
bir jinsli, yoki ikki jinsli bo‘ladi. Ikki jinsli gullarda
chanchi ham urug‘chi ham bo‘ladi. Bir jinslilarda esa yo urug‘chi, yo changchi bo‘ladi.
Masalan, qovoq, qovun, makkajo‘xori guli ayrim jinsli gullarga kiradi. Ayrim jinsli gullar bitta
o‘simlikda joylashsa, bir uyli o‘simliklar deb ataladi. Masalan: qarag‘ay, tarvuz, yongoq, qovun.
Agar changchi guli bir o‘simlikda, urug‘chi gul ikkinchi o‘simlikda bo‘lsa, ikki uyli o‘simlik
deyiladi. Masalan: pista, nasha, tol, terak, zarang daraxti va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: