Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/61
tarix27.07.2022
ölçüsü461,77 Kb.
#62907
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd

Marsiyalar
Ma’lumki, hayot faqat bayramlardan, xursandchilikdan,
sayillardan, to‘y-tomoshalardan iborat emas. Inson hayoti-
da ko‘ngilsiz voqealar ham ro‘y berib turadi. Ular qatoridan
eng musibatli o‘rin tutgani o‘limdir. Mahmud Koshg‘ariy -
ning «Devonu lug‘otit turk» asarida Afrosiyob — Alp
Ertunganing xotirasiga bag‘ishlangan marsiyalarning borli -
gini aytib o‘tgan edik. Insonning o‘limiga bag‘ishlangan
she’riy asarlar «marsiya» deb ataladi. Ular ham lirik asarlar
hisoblanadi, chunki bu qo‘shiqlarda vafot etgan odamning
xotirasini ifodalab ichki his-tuyg‘ularni bayon etish yetakchi
o‘rinni egallaydi.
Marsiyalarning asosiy vazifasi hayotdan ko‘z yumgan
shaxsning butun fazilatlarini esga olib, ro‘y bergan musi-
batga munosabat bildirishdir. Shuning uchun ota, ona, aka,
uka, bola kabi qarindosh-urug‘lik munosabatlari mar-
siyalarda alohida tilga olinadi. Hayotdan ko‘z yumgan
shaxs marsiya aytuvchi tomonidan «suyangan tog‘«, «ishon-
gan bog‘», «osmondagi yulduz», «hayotdagi yorug‘ kunduz»
kabi go‘zal so‘zlar bilan bezatiladi. Marsiya matnlarida
o‘kinch, hasrat ifodasi alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa,
farzandning ota-onasiga ko‘ngildagidek xizmat qila olma-
gani haqidagi o‘kinch, aka va ukani turmush taqozosi bilan
qadriga yetmagani haqidagi hasrat bayoni marsiyaning
mazmunini tashkil etadi. Masalan:
Aytmay desam bo‘lmaydi,
Dog‘ingiz o‘ti qo‘ymaydi,
Ishongan bog‘im, voy otam,
Suyangan tog‘im, voy otam
.
Yoki:
Hovlimdagi giyoh bo‘ling, voy onam,
Har kun sizni iskayin, voy onam,
Yana qaytib bino bo‘ling, voy onam,
Doim sizni eslayin, voy onam.
Matndan aniq sezilib turibdiki, marsiya aytuvchi shaxs
butun ijodiy mahorati imkoniyatidan mukammal foydalan-
gan holda qalbidagi dard, hasratga har bir tinglovchini
befarq qoldirmaslikka harakat qiladi. Yurtimizning ayrim
hududlarida maxsus marsiya aytuvchi ayollarning borligi
fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Shunday qilib, mavsum-marosim qo‘shiqlari haqida
quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
94


Mavsum va marosim qo‘shiqlari o‘zbek xalq og‘zaki
poetik ijodining eng qadimiy namunalaridir.
Xalq maishiy hayotidagi har bir bayram, har bir
marosim, ma’lum davrdagi mavsumlar alohida-alohida,
aniq mavzuni ifodolovchi mazmunga ega.
Mavsum-marosim qo‘shiqlari ba’zan ommaviy tarzda
ijro etishga mo‘ljallangan bo‘lishi bilan birga maxsus tay 
-
yorgarlik ko‘rgan ijrochilar ijodini ham inkor etmaydi.
Xalqimizning o‘tmish madaniy merosiga, qadriyatlarga
bo‘lgan munosabat mavsum-marosim qo‘shiq larida alohida
ko‘zga tashlanadi.
Mavsum-marosim qo‘shiqlari badiiy mukammallik
jihatidan so‘z san’ati namunalari talabiga to‘liq javob bera-
digan she’rlardan iboratdir.

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin