IYUN. UCHINCHI HAFTA
JONLI VA JONSIZ TABIAT
Til va nutq
Mavzu: “Yer osti boyliklari” suratiga qarab hikoya tuzish
Maqsad: bolalar yer osti boyliklari tо‘g‘rnisida hikoya tuzib, uni aytib bera oladilar.
Kerakli jihozlar: AKT, mavzuga oid rasmlar.
Faoliyatningborishi:
1. Rasmlar va slaydlarni tomosha qilish.
2. Kо‘rganlarini dо‘stlari bilan tahlil qilish.
3. Rasm asosida hikoya tuzish va uni dо‘stlariga aytib berish
4. Rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: Yer osti boyliklari haqida topishmoqlar aytish
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalar monologik nutqi.
Fan va tabiat
Mavzu: Yer osti qazilmalari
Maqsad: bolalar yer osti qazilmalari xususiyatlarini amaliy tajribada о‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlar, AKT, katta hajmdagi tuvak yoki maxsus idishlarda
berkitilgan kо‘mir, tilla, kumushni aks ettiruvchi tangachalar, konchilarning maxsus kiyimlari,
belkurak.
Faoliyatningborishi:
1. Yer osti qazilmalari haqida film namoyishi.
2. Filmdagi ter osti qazilmalari nomlarini aytish.
3. Konchilar obraziga kirish va maxsus idishdagi tuproqni kavlab uning tagidan yer
osti qazilmalarini topish.
4. Topgan qazilmalar nomini aytish va nima uchun ishlatilishini dо‘stlari bilan
muhokama qilish.
5. Yer osti qazilmalarining xususiyatlari bilan tanishish. Kо‘mir bilan amaliy ish.
6. Amaliy ish xulosalari
Qо‘shimcha: “Konchilar” syujetli-rolli о‘yinini о‘ynashni taklif etish.
Dostları ilə paylaş: