. , , — •
N
T a’lim usuli -
0‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida
tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga
bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o ‘quv vazifasining bir
^ qismi hal qilinadi.
^
Masalan, o'qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq
manbasiga ko'ra amaliy metod hisoblansa, uni qo'llash esa bir
nechta usullar (mashqning qoidasini o'qib berish ( I-usul), bittasini
namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o'qituvchining namunasi
asosida o'quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul),
o'quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini
tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
O'qituvchilaming ayrimlari esa, «metod» tushunchasining
o'm iga «uslub» tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo «uslub»
tushunchasi «metod» atamasining mohiyatini o‘zida to'liq aks ettira
olmaydi. Chunki uslub ko'proq xususiy (so'z borayotgan holatda
aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo'lib, aniq
maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.______ -
Pedagogik texnologiya- bu muayyan loyiha asosida tashkil j
etiladigan, aniq maqsadga yo'naltirilgan hamda ushbu
maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat
jarayoni mazmunidir.
J Ta’lim amaliyotida «pedagogik texnologiya» tushunchasi uch
daraj ada qo' llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraj a. Mazkur darajaga muvofiq
keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo'lib,
ularga
muammoli,
tabaqalashtirilgan,
integratsion,
shaxsga
yo'naltirilgan,
rivojlantiruvchi,
modulli,
masofali
o'qitish
texnologiyalarini
misol
sifatida keltirish
mumkin.
Mazkur
texnologiyalar
innovatsiya
tavsifiga
ega
bo'lib,
novator
o'qituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi
hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq
93
etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi
o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llaydilar.