Tayanch tushunchalar


metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Tasvir (illyustratsiya) metodi



Yüklə 440,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix16.08.2022
ölçüsü440,67 Kb.
#63153
1   2   3   4   5   6   7   8
A1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika-93-105

metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas 
bog'liq bo‘lsada, didaktikada alohida o ‘rganiladi. Illyustratsiya 
narsa, hodisalar va jarayonlarni ulaming ramziy ko‘rinishlari -
chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida 
ko'rsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi o ‘rganilayotgan obyekt 
harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog'da 
predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli 
ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlami namoyish 
qilishda odatda uning tashqi ko'rinishi (shakli. hajmi, miqdori, rangi, 
qismlari, ulaming o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra 
ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. 
Ko'rsatish ko‘p holatlarda o'rganilayotgan obyektlaming subyekti 
yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Amaliy metod - o'zlashtirilgan bilimlami amaliy masalalar 
echimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. 
Bunda nazariy bilimlami amaliyotdd qo‘llash ko‘nikmasi hosil 
qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer 
maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. 
Ulami amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o'qituvchi 
tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki 
maxsus ko‘rsatmani o'quvchilar e’tiboriga havola etadi.
M ashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlami bajarish 
ko'nikmalarini egallash yo'lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, 
mashqsiz ko'nikma hamda malakalami shakllantirish mumkin emas. 
Mashqlar og'zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini 
ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo'linadi.
Laboratoriya ishlari o'quvchilaming jihoz, maxsus uskuna, 
qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda 
tajribalami o'tkazish metodlari bo'lib, ular ko'proq tabiiy fanlar
99


asoslarini o ‘rganishda qo‘llaniiadi. Bu metod o‘quvchiiaming 
asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, olchash ishlarini amalga oshirish 
va ulaming natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor 
shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish 
maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni 
sarflash, ulami ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu 
harakatlar o'quvchilaming yuqori darajadagi faolligi asosida 
mustaqil ravishda tajriba va o ‘lchash ishlarini tashkil etish bilan 
takomillashtirilib boriladi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlami 
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va 
faollik darajasini rag* batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda 
o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko'rinishi sanaladi.

Yüklə 440,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin