ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 1000 www.ares.uz - oʼquv yurtidagi boshqaruv tizimining oʼziga xos xususiyatlarini aks
ettiradigan oʼzaro munosabatlarda taʼlim jarayonida ishtirokchilarning pozitsiyalari;
- ishtirokchilarning pedagogik jarayonda boshqaruv samaradorligiga oʼzaro
taʼsiri.
Hozirda Toshkent viloyatida ham taʼlim tizimini rivojlantirish, unda taʼlim
boshqaruvini yanada takomillashtirish va uni amalda tatbiq etishga doir nazariy va
amaliy qadamlar tashlangan. Jumladan, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika
institutida taʼlimni rivojlantirishning klaster modeli joriy etilib, bugungi kunda
mintaqaning taʼlim sifati samaradorligini oshirish va raqobatbardosh pedagog
kadrlarni tayyorlash boʼyicha keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Soʼnggi yillarda taʼlim klasteri gʼoyasiga nafaqat ilmiy, balki nazariy jihatdan
ham qiziqishlar ortib bormoqda, shu bilan birga uni amaliyotga tatbiq etishga boʼlgan
urinishlar ham amalga oshirilmoqda. Chirchiq davlat pedagogika institutining amaliy
tajribalarida bu saʼyi-harakatlar boshlangan boʼlib, bu institutning asosiy strategik
tadqiqot obʼekti boʼlgan “Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri” hisoblanadi.
XULOSA Shunday qilib, taʼlim-tarbiyani tashkil qilish va boshqarishga doir
respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadi taʼlim subʼektlarining
yagona maqsadga erishish, muayyan darajada umumiy maʼlumot darajasi va kasbiy
tayyorgarligiga ega boʼlgan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarkib toptirishga
qaratilgandir.
Bugungi kunda taʼlimga jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati asosida
rivojlanayotgan ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida eʼtibor berib, taʼlim bu tizimli obʼekt
ekanligini, qonuniy jihatdan oʼziga, barcha komponentlarni boshqaruviga nisbatan
tizimli yondashishni talab etadi. Bu talab oʼquv-tarbiya jarayoniga ham taalluqli boʼlib,
uning barcha xildagi taʼlim-tarbiyaviy muassasalarida amalga oshiriladi. Taʼlim
tizimida klaster yondashuvini tatbiq qilish taʼlim tizimidagi uzluksizlik va aloqani,
taʼlim turlari oʼrtasidagi integratsiya jarayonlarini mustahkamlaydi. Bu bevosita
taʼlimga nisbatan innovatsion yondashuv sifatida qarab, uni amalga oshirish
mexanizmlarini ishlab chiqish taʼlim tizimidagi ilmiy jamoatchilikning oldida turgan
eng muhim vazifalaridan biridir. Klaster yondashuvi davlat taʼlim siyosatining
mazmunini tubdan oʼzgartirib, subʼektlar munosabatlariga rivojlanish va samaradorlik
mezonlari bilan qarash imkonini beradi. Natijada klaster mintaqadagi fan, taʼlim va
ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlovchi kuchli mexanizm sifatida yuzaga keladi.