Falsafa fani rivojiga hissa qo’shgan
mutafakkirlar
KAZUS (Ajurli arra pedagogik texnologiyasi asosida)
1.
Buyuk mutafakkir jamiyat rivojida mehnat taqsimotining
rolining ta’kidlaydi va birinchi ma’lum stratifikatsiya
nazariyasini ta’riflaydi.
2.
U yaratgan ijtimoiy strukturada bosh element sifatida
barqaror va normal faoliyat ko’rsatayotgan
davlatning asosi
hisoblanuvchi o’rta sinf amal qiladi. davlat shakllarini
boshqaruvning uch to’g’ri va uch noto’g’ri shakllariga
ajratib, davlat qurilishining ilk tasniflaridan birini taklif qiladi
3.
Insonning hamma amallari oldindan uning taqdiriga g’zib
qo’yilgan, shu bois u o’zi qilayotgan ishlarga ma’sul emas,
degan nuqtai nazarini ham, qadariylarning,
Olloh inson
faoliyatlari va amallarining himoyachisi emas, degan nuqtai
nazarini ham tanqid qilib, inson yaxshi va g’mon amallarni
o’z erkiga ko’ra tanlashi va bu yo’lda Ollohning madadini
olishi
nazariyasini ilgari suradi
4.
U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi
insoniylik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil
shaxs voqea va xodisalarning mohiyatini
idrok eta bilishini,
mohiyatga intilish xaqni tanish ekanligini, insonga berilgan
ruh aqlni rivojlantirishga,unga quvvat
bag’ishlashga ma’sul ilohiy kuch ekanligini,
aql esa inson
tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak
berishini asoslab berdi.
5.
dunyoning
rang-barangligini
tushuntirish
uchun
Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan
foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada
Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki, uning paydo bo‘lishi va
o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz
beradi, deb hisoblagan.
6.
Olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning o’z-
o’zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga
tushishi va harakatlanishi bilan izohlanadi, deb hisoblaydi.
Xamma narsaning yuz
berishida
taqdiri
azalning
roli,
ilohiy
hukmning
mutloqlashuvi g’oyasiga qarshi chiqib, dunyo kamoloti uchun
jamiyat a’zolarining erkin faoliyatiga
ham katta ehtiyoj
borligini asoslab beradi
7.
XI asrda yaratilgan «Qutadg’u bilig» asari ham ijtimoiy
qarashlarga boy. Bu kitob axloq-odob ta’lim va
tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo’l-yo’riqlarini,
usullarini, chora tadbirlarini mujassamlashtirib, o’zida
jam qilgan buyuk qomusiy asardir.
8. Qur’oni karimdan keying ikkinchi ishonchli manba
sanalmish “Sahihi Buxoriy” nomli hadislar to‘plamini
tuzgan 60 mingga yaqin hadis to‘plagan ulug‘ alloma
9.
naqshbandiya
tariqatining
asoschisidir.
Bu
ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast —ba kor»
shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati
natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim,
uning
qalbi doimo Ollohda, qo‘li esa mehnatda
bo‘lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari
singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini
e’tirof etadi
1. Abu Rayxon
Beruniy
2. Platon
3. Aristotel
4. Al-Moturidiy
5. Abu Nasr Forobiy
6. Imom Buxoriy
7. Bahouddin
Naqshband
8. Ibn Sino
9. Yusuf Xos Xojib