At "Aloqabank" Amaliyot boshqarmasi va barcha filiallar boshliqlarini kasb malakasi oshirildi



Yüklə 34,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.09.2022
ölçüsü34,84 Kb.
#63842


AT "Aloqabank" Amaliyot boshqarmasi va barcha filiallar boshliqlarini kasb malakasi oshirildi.
1
Опубликовано на Aloqabank.uz (
http://aloqabank.uz
)
AT "Aloqabank" Amaliyot boshqarmasi va
barcha filiallar boshliqlarini kasb malakasi
oshirildi.
Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 12 maydagi
«2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to’g’risida» PF-5992 farmoni bilan bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida axborot
texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada
ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko’rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo’yicha tezkor
chora-tadbirlar ko’rish unda keltirilgan talablarni ijrosini ta’minlash. 
Shu bilan birga moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini
kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlash bo’yicha
qo’shimcha choralar ko’rilishi aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj
xizmat ko’rsatish nuqtalari tarmog’ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi
o’zaro to’ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga
oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, banklarda xizmat ko’rsatishni
modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek,
banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog’liq bo’lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali
bank tizimining samaradorligini oshirish.
Kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o’sishining mo’’tadil
darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni
takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo’lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy
tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik echimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy
barqarorligini ta’minlash.
Davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy
standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari
paketini zarur tajriba va bilimga ega bo’lgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek,
davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o’zida isloh qilish orqali bank sektorida
davlatning ulushini kamaytirish.
Etarli darajada xizmat ko’rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini ko’paytirish va manzilli
chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish,
kamxarj xizmat ko’rsatish nuqtalari tarmog’ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya
tizimidagi o’zaro to’ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Bankda amaldagi qonunchiligi hujjatlariga rioya qilinishi, mazkur yo’nalish bo’yicha qonunchilik va
me’yoriy hujjatlarga kiritilgan o’zgartirishlar, xususan bank faoliyatini barqarorligini ta’minlash bo’yicha
alohida masalalar ya’ni, zamonaviy bank ishi, xorij tajribasi va O’zbekiston bank amaliyoti, banklarda
yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari va ularni samarali boshqarish, bank likvidliligini boshqarish va


AT "Aloqabank" Amaliyot boshqarmasi va barcha filiallar boshliqlarini kasb malakasi oshirildi.
2
resurs bazasini mustahkamlash, kreditlar sifati va samaradorligini oshirish, chakana bank xizmatlari
ko’rsatishning zamonaviy uslublari, xizmat sifatini yaxshilash va kamchiliklarni bartaraf etish kabi
masalalarni o’rganish yuzasidan ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 34,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin