Microsoft Word Dasrliklardagi insho uchun berilgan materiallarni tahlil qilish docx



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix20.09.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#63879
Dasrliklardagi insho uchun berilgan materiallarni tahlil qilish 1



Saidqulova SHahbonu 
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI 
Dasrliklardagi insho uchun berilgan materiallarni tahlil 
qilish 
Reja: 
1. Dasrliklardagi insho haqida
2. Dasrliklardagi insho uchun berilgan materiallar 
3. Dasrliklardagi insho uchun berilgan materiallarni 
tahlil qilish 


Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng boshlang’ich sinflar uchun yangi dastur 
va darsliklar yaratildi. O’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko’proq ahamiyat 
berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan 
foydalanishga ko’proq e’tibor berildi. 
Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qis h malakasini 
shakllantirish bir jarayonda boradi.
2. Asarning g’oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, syujet chizig’i, qurilish va 
tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol 
topishiga, bog’lanishli nutqning o’sishini ta’minlaydi.
3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning 
asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o’qish o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhit 
haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi. 
Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. O’quvchi matnni 
o’qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda 
o’quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estetik didni tarbiyalasin. 
Boshlang’ich sinflar “O’qish kitobi”da turli janrdagi badiiy va ilmiy- ommabop maqolalar 
berilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning 
markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, 
voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va sub’ektiv bahoni aniq 
materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. 
Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati 
o’qituvchining diqqat markazida turadi. O’quvchilar voqelikni obrazlar orqali 
tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har 
qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqelar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy 
yondoshilgandagina asarga haqqoniy baho berish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining 
hayoti va qarashlari bilan o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga 
muvofiq. To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilami asaming g’oyaviy 
yo’nalishini tushunishga o’rgatish muhimdir. 
Psixolog olimlarning ko’rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning 
o’zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib, asarga, unda tasvirlangan 
voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o’z ichiga oladi. Kichik yoshdagi 
o’quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo’ladi. 
3. Adabiy qahramonga emosional munosabat.
4. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o’quvchilar o’z shaxsiy tushunchalaridan 
foydalanadilar. Qaxramonning boshqa fazilatlarini baholash uchun ularda so’z boyligi, 
tajriba etishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar payqay olmagan sifatlarni 


ko’rsatish va o’quvchilar nutqiga kiritishdir. YAna bir narsaga e’tibor berish maqsadga 
muvofiq: 
l.O’quvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u harakat qilgan sharoitni 
hisobga olmaydilar. 
2.Qaxramonning nima uchun shunday qilishi kerakligini tushunolmaydilar, uning uchun 
maqsadga muvofiq ish olib borishlari zarur. 
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslarining ta’lim-
tarbiyaviy vazifalari badiiy asaming o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning 
tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi. 
Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib 
boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi- yangi tomonlari ochila 
boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni 
sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng 
yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni 
badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Demak, tayyorgarlik davri - sintez-analiz-
sintez jarayonini beradi. 
O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga 
ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi. 
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari: 
l.O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, 
matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda 
tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga 
sharoit yaratish. 
2.YOzuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga qiziqish 
uyg’otish. 
3.O’quvchilarni asarni emosional idrok etishga tayyorlash. 
4. Asar mazmunini tushunishga xalal beridigan so’zlarning lug’aviy ma’nolarini 
tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo’lib, o’qituvchi asar mazmunini va 
sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi. 
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, 
shahar, qishoq hayotiga doir mavzular o’rganilganda foydalanish mumkin. 
CHunonchi
, 2-
sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi materiallarni o’rganishdan oldin 
ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja beriladi va matn 
o’rganilishidan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e’lon qilinadi. 


Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan oldin 
film namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Albatta, hozir 
o’quv filmlari etarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish mumkin. 
O’qituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali metod 
hisoblanadi. CHunonchi, 4-sinfda Q.Muhammadiyning she’ri o’rganilayotganda shoirning 
bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma’lumot so’zlab 
berilsa, o’quvchilarning asarni o’qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so’ng 1 
-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy matnni yaxlit idrok etish jarayonida 
asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig’i bilan tanishtirish, asarning emosional 
ta’sirini aniqlashdir. 
Matn ifodali o’qib beriladi. (2-sinfda o’rganiladigan “Mehribon qiz” matni magnitofon 
orqali o’qib eshittiriladi).o’qituvchi o’quvchilarga umumiy 
taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. 
1. Hikoyani qaysi o’rni sizga yoqdi?
2. Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?
3. Hikoya o’qilganda siz qaysi o’rinda juda xursand bo’ldingiz? kabi savollar 
beriladi
3. Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab o’qish matnni tasvirlash
usullaridan foydalanish. 
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi tahlil qilishdir. Bu bosqichning vazifasi: syujet 
rivojining sabab natija bog’lanishini belgilash, ishtirok etish shaxslarning xulq-atvorini va 
asosiy xususiyatlarini aniqlash, asar kompozisiyasini ochishdir. Tahlil jarayonida matn 
ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi. 
Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi. Vazifa 
asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab -natija bog’lanishim belgilash, badiiy 
xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo’lishi 
mumkin. 4-sinfda “Tabiatdagi o’zgarishlar berilgan qismlarini topib o’qing (Oltin kuz)”, 
“Taqachining nasihati”ni o’qing. 
Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U o’quvchilarda yaxshi o’qish 
sifatlarini o’stirish bilan ularning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o’stirishga yordam 
beradi. 
Berilgan savolga o’z so’zi bilan javob berish. 
Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini 
o’stirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan 
asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida 
beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi 
kerak. SHu bilan bir qatorda o’quvchilarning mustaqil fikrlashga o’rgatilishi lozim. 
Boshlang’ich sinf darsliklarida savollarga javob berish ish turiga katta o’rin berilgan. 
O’qituvchining vazifasi ana shu savollardan unumli foydalanish va ijodiy xarakterdagi 


savollarni ko ’proq berishi talab etiladi. 4-sinfda “Qodir bilan Sobir” matni yuzasidan 
o’quvchilarni o’z fikrini aytishga undovchi Sobir o’qishdan kechikish sababini ochiq aytib 
to’g’ri qildimi? Uning o’rnida siz bo’lganingizda nima qilardingiz? kabi savollar o’quvchil 
arning fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki nutqlarini o’stiradi va matnni yaxshi 
o’zlashtirishlariga olib keladi. 
O’quvchilarni savol berishga o’rgatish. 
Metodistlarning fikricha, to’g’ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo’ladi. O’quvchilar 
matnni ongli o’zlashtira olsalargina, u yuzasidan savol bera oladilar. O’quvchilarni savol 
berishni o’rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar albatta savolni 
matn mazmuni bilan bog’liq holda tuzishdan o’rganadilar. Keyinchalik muhokama va 
ijodiy savollar berishni ham o’zlashtirib oladilar. 
Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin: 1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik 
tasvirlash. 
So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida 
aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda so’zlarni aniq tanlashga e’tibor qaratiladi. Turli 
tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko’rinishini, voqea sodir bo’lgan 
joylarni tasvirlash topshiriq qilib berilishi mumkin. 
Matnni tasvirlashni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qismini 
taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. 
Grafik tasvirlash ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar tasvirlanadigan matn 
qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o’qib chiqadilar, mazmunini o’zlashtiradilar va unga 
mos rasm chizadilar. 
Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishga, asosiy fikrni 
ajratishda, voqealarning 
izchilligini belgilashda
, matn qismlarining o’zaro bog’lanishini 
tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o’quvchilar nutqi va 
tafakkurini o’stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo’lishga va har bir 
qismning asosini topishga o’rganadilar. 
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o’rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik 
mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib 
qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni 
ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu saralavha nima 
uuchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayorgarlik ishining 2-turi 
o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish hisoblanadi, bolalar matndan o’qituvchi bergan 
savolga javob bo’ladigan o’rinni topib o’qiydilar. 
Reja tuzish osondan qiyinga tamoyili asosida asta murakkablashtirilib muayyan izchillikda 
o’tkazib boriladi. 1-sinf o’quvchilari o’qilgan kichik matnga o’qituvchi rahbarligida so’roq 
gap tarzida sarlavha tanlash, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o’qituvchi rahbarligida 
so’roq yoki darak gap tarzida tuzish, 3- sinfda o’qilgan matn rejasini jamoa bo’lib tuzish, 
4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak. 


Rejaning eng oddiy formasi rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda 
berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o’rgatiladi; keyin 
matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o’zlari so’z bilan tasvirlaydilar; 
hikoya o’qiladi va qismlari bo’yicha tahlil qilinadi, so’ng o’quvchilar matnning 1-
qismini o’qiydilar, o’qituvchi ulardan qanday rasm chizishni so’raydi, ish mana shu tarzda 
davom etadi. 
O’quvchilar rasmli reja tuzishdan logik reja tuzishga o’tadilar, logik reja tuzish quyidagi 
izchillikda o’rgatiladi: 
l.O’qituvchi qismlarga bo’lingan matn tanlab reja tuzadi va matn rejasini o’rnini 
almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo’yadi. O’quvchilar 
matnning 1-qismini o’qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni 
o’qituvchi xattaxtaning o’ng tomoniga yozadi, shunday qilib, xattaxtada o’qilgan 
matnning rejasi hosil bo’ladi.
2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida har bir 
qismdagi asosiy qismni aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o’qituvchi sarlavhalarni 
reja tarzida xattaxtaga yozib boradi.
3. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida xattaxtaga 
yoziladi. O’quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo’lish 
topshiriladi. Ular matnni o’qiydilar, 1 -sarlavhaga tegishli qismni ajratadilar, keyingi 
qism ham shunday belgilanadi.
Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. 
O’quvchilarga yuqori qismlarga bo’lish topshiriladi. O’quvchilar matnni o’qib nisbiy 
tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu 
tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. 
Reja tuzish uchun so’roq va darak gaplardan va ayrim hollarda atov gaplardan foydalanish 
mumkin, faqat har bir rejada bir turdagi gaplar ishlatilishi zarur. Shunday qilib, 
o’quvchilarda matn ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirishda ular diqqati ishning 
mazmuni va bajarish yo’llariga qaratiladi. 
Boshlang’ich sinflarda 
badiiy asar turlaridan hikoya
, she’r, ertak, masal, maqol va 
topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy- ommabop maqolalar 
ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga 
xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. SHunga ko’ra, turli 
janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi. 
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning 
muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan 
bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”. 
Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi 
o’quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-
hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi 
bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi. 


Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan 
hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy 
ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda, savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda 
savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan 
bo’ladi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, 
mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi 
bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. 
Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini 
tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So’z 
ma’nosini tushuntirishga ko’p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur 
bo’lgan so’zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi. 
Hikoyani o’qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini 
o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qilgach, o’quvchilar o’ylashi, o’z 
mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O’qilgan asar 
yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan- yoqmagani, 
undagi qaysi qaxramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida 
hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya xarakterini 
tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g ’oyasini bilib olishga yordam beradigan 
savollardan foydalaniladi. 
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qatnashuvchilarga 
xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda 
qolmasligi lozim. 
Savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning 
xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul 
bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi; asar 
mazmunini yaxshi tushunish
, mazmun va 
voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi. 
Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani bilib olishlari 
uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, savoll arga javob berish, hikoya qismiga 
o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning 
barcha turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi. 
Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti sxemasi 
e’tiborga olinadi: 
1. hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, davrga 
qisqa xarakteristika...);
2. hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o’qituvchi yoki oldindan 
tayyorlangan o’quvchining ifodali o’qishi;
3. idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va 
voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);
4. hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga o’qitish, ayrim 
so’zlar ma’nosini tushuntirish);
5. hikoyaning har bir bo’limi yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha topish;
6. hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish;


7. reja asosida qayta hikoyalash;
8. hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda);
9. hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash.
Bu hikoyani o’qish darsi rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni 
unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmu nini, asosiy fikrini 
bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), 
xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat 
beriladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin