Laqablar Og'abek



Yüklə 440,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/35
tarix22.09.2022
ölçüsü440,08 Kb.
#63927
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
ozbek tilida laqablarning tuzilishi va leksik-semantik tavsifi badiiy asarlar misolida

M e sh k o b ch i - bu laqab meshda suv tashuvchi, ko‘cha va bozorlarda 
mesh ko‘tarib yurib suv sotuvchi kishilarga nisbatan ishlatiladi. 
Uning otasini Istam yoki oddiygina qilib m e sh q o b ch i deb atashardi
chunki, u vodoprovod o‘tkazgunlariga qadar meshkobchi bo‘lib ishlagandi va 
«tashnalarga savob ish qilayotgandi». 
B a l i q p a z - bu leksema baliqfurush leksemasi bilan sinonim bo‘lib, xom 
yoki qovurilgan baliq sotuvchi degan ma’noni anglatadi. 
Saydulla asli pismiq odam emasmi, bog‘otlik Egamberi b a l i q p a z bilan 
xufiyona til topishib har kecha kosaga tushgan o‘ljani arzon garovga suvlab turgan 
ekan. 
A l a m ch i – so‘zi poroxodlarga yo‘l ko‘rsatuvchi degan ma’noni anglatadi. 
Jumavoy a l a m ch i surunkasiga yigirma to‘rt yildan buyon Beruniy bilan 
Qoratov yo‘g‘ishi o‘rtasida  alamchilik qiladi. 
M e x a n i z a t o r - bu leksemaning asl ma’nosi o‘zbek tilining 
leksikografik manbalarida mexanizatsiya mutaxassisi, mashina va mexanizmlarni 
biror sohaga joriy etuvchi mutaxassis tarzida bayon etilgan. 
Yo‘ldosh m e x a n i z a t o r Rahmonbergan biyning qizini yaxshi ko‘rarkan. 
Z a r g a r - bu leksemaning asl ma’nosi izohli lug‘atda oltin, kumush va 
turli xil qimmatbaho toshlardan ziynat buyumlari yasaydigan usta tarzida berilgan. 


29 
Abdulla z a r g a r n i ng o‘g‘lini arzimagan pul bilan institutga kiritib 
qo‘ydi. Bu-bir. 
T e r g o v ch i - laqabi badiiy asarlarda biror ish yuzasidan dastlabki tergov 
o‘tkazuvchi lavozimidagi kishi, birovning xatti-harakati, yurish-turishini nazorat 
qilib, surishtirib, tergab turuvchi, nojo‘ya ishdan, yo‘ldan qaytaruvchi kishilarga 
nisbatan ishlatiladi. 
Tug‘unboy t e r g o v ch i shu yilning o‘n ikkinchi kuni omonatini topshirdi, 
degan gap tarqalganda rayon ahli yoqasini ushladi. 
Z a v m a g - bu laqab so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning birinchi 
bo‘g‘inlari olingan ruscha qisqartma ot bo‘lib, so‘zlashuv uslubida va badiiy 
uslubda ham ishlatiladi, magazin mudirlariga nisbatan laqab vazifasida. 
Z a v m a g Xojimat amakining yuz sakson metr duxobasini, yigirmata 
yaponcha jemperini, to‘qqizta belgiyskiy paltosini ikki oy saqlab berdimi berdi. 

Yüklə 440,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin