Dasturning informasion-uslubiy ta`minoti
Mazkur fanni o`qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik
va ahborot-kommunikasiy tehnologiylari qo`llanilishi nazarda tutilgan.
- fanni bulimlariga tegishli ma`ruza darslarida zamonaviy kompyter
tehnologiylari
yordamida
prezentasion
va
elektron-didaktik
tehnologiyalaridan;
- «Kompyuter
tizimlari va telekommunikatsiya» tarkib toptirish
mavzularida o`tkaziladigan mashg`ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash
pedagogik tehnologiyalaridan;
- Amaliy, mashg`ulotlar mabzusi va mazmuni, asboblarni tarirovka qilish,
haroratni o`lchash usullari, asbob yrdamida darajalashni o`rganish suyqlik
va gazlarni tezliklarini hisoblash mavzularida utkaziladigan tajriba
mashg`ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash,
pedagogik tehnologiylarni qullash nazarda tutiladi.
“Kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya” fanidan talabalar bilimini reyting
tizimi asosida baholash mezoni.
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan ushbu baholash
mezoni O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi
nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli buyrug'i asosida
ishlab chiqildi.
Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o'tkazish
orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat (ON) semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo'limi
tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko'nikmalarini baholash maqSADida
o'quv mashg'ulotlari davomida o'tkaziladi.
Ushbu fan bo'yicha oraliq nazorat turi ikki marta o'tkaziladi. Oraliq nazorat
yozma shaklda o'tkaziladi. 1-ON ma'ruzalarning birinchi yarmi o’tilgandan keyin, 2-
ON esa, qolgan ikkinchi yarmi o'tilgandan keyin, yakuniy nazorat (YN) esa, o'z
navbatida semestr yakunida o'tkaziladi.
Shu bilan birga, ushbu fan bo'yicha talabaning amaliy, tajriba va mustaqil
ta'lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg'ulotlardagi faolligi
ham baholab boriladi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a'lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi,
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda
fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha
tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o'zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2
(qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Nizomga ko'ra, yakuniy nazorat turini o'tkazish va mazkur nazorat turi
bo'yicha talabaning bilimini baholash o'quv mashg'ulotlarini olib bormagan
professor-o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi kafedraning turdosh fan
o'qituvchi-professorlarini YN ga jalb etish ko'zda tutilgan.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo'yicha
«2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Ushbu fan bo’yicha quyidagicha baholash tizimini tashkil qilinadi:
Fan bo’yicha 2chi va 3chi semestrlar uchun 6 ta tajriba ishi ( T) o’tkaziladi.
Tajriba ishlari bo’yicha baholash quyidagicha hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |