ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1582 www.ares.uz Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy tiplari quyidagi-lardan iborat: yaslilar;
yasli-bog’chalar; g) bog’chalar; maktab-bog’chalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar kimga bo’ysunishidan qat’iy nazar xalq
deputatlari mahalliy kengashi ro’yxatidan o’tkaziladi. Maktabgacha talim
muassasasi ro’yxatdan o’tkazilgach, unga tartib raqami beriladi va u yuridik shaxs
huquqiga ega bo’ladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qaytadan tuzish (qo’shish, olish,
birlashtirish, ajratish, bo’linish, qayta tashkil etish) xalq ta'limi bo’limlari, korxona,
muassasa, tashkilot tavsiyasiga ko’ra xalq de-putatlari mahalliy kcngashlari qarori
asosida amalga oshiriladi. U bog’cha mehnat jamoasi va xalq ta'limi kengashi bilan
kelishilgan bo’lishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasi turlicha: tipiga,
tuzilishiga qarab shtat birliklarini, xodimlar oylik maoshlarini tas-diqlaydi.
Ota-onalar qo’mitasining asosiy vazifalari bolalar bog’chasi Nizomida
ko’rsatilib berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o’zbekiston Respublikasi Xalq
ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko’p variantli tax-miniy dasturlardan birini
tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim tashkilotlar tarbiyaviy ta'lim muassasasi
bo’lib, ijtimoiy va-zifalar bilan bir qatorda konsepsiya, nizom hamda dasturga
muvofiq malakali tarbiya va ta'lim berishni ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar o’z dasturi va mctodikasini islilab chiqish
hamda amaliy faoliyatida qo’IIash huquqiga ega. Ularning tasdiqlangan
tartibio’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bclgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash vao’qitish bo’yicha
qo’llanmalarni hamda metodikani erkin tanlash huquqiga ega.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish va
rivojlantirishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun yangi tipdagi, yo’nalishdagi
maktabgacha ta'lim muassasalarini tuzish respublika xalq la'limini boshqarish va
sog’liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalarida ish xususiyati,
ularga qabul qilish qoidalari, bolalarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashni tashkil
qilish tartibi o’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda o’zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli
yo’riqnomalar bilan aniqlanadi.
Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tashkilotchisi, rahbari, malakali
pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib
tarbiyalash vazifalarini to’la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi
ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga