ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1583 www.ares.uz oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi.o’z jamoasida ishchanlik,
maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi.
Mudirao’z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan
qaror, qonunlarga amal qiladi vao’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi.
Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik,o’ziga va qo’l ostidagilarga
talabchanlik, mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi o’zaro to’g’ri munosabatlar, har bir xodimning mehnat va ishlab
chiqarish intizomiga rioya qilishini nazorat qiladi. Rahbarlik mavqeyi mudirani o’z
g’oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini
doimo ongli ravishda oshirishga, pedagogik bilimlarni, bolalarga ta'lim-tarbiya
berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashiga, hozirgi bosqichda maktabgacha
ta'lim oldida turgan vazifalami bilishga, o’z bilimlaridan faoliyatida foydalanishga
majbur etadi. U dastur, metodik, instruktiv me'yoriy hujjatlarni puxta bilishi va
amalqilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilishi, kam-
chiliklami darhol bartaraf qilish choralarini ko’rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlar mudirasi xalq ta'limini bosh-qarish bo’limlari
tomonidan oliy ma'lumotga va 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega shaxslardan
tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo’yish,
tar-biyalash bo’yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muas-sasasi
kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi
rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umu-miy ta'lim mahoratini va madaniy
darajasini muntazamo’stirib borishiga g’amxo’rlik qiladi, xodimlar malakasini
hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib,
ularni tartibli vao’z vaqtida joydan-joyga ko’chirib turili-shini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda kadrlar rezervini shakllantirib, ular bilan
doimiy ish olib boradi. Mudira bolalar bog’chasining butun faoliyatiga, bolalar
bog’chasini obodonlashtirish, ko’kalam-zorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi.
Smeta bo’yicha xarajatlarni to’g’ri taqsimlash, muassasani oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta'minlash tartibini to’g’ri tashkil etish, bog’chani rejadagi bolalar bilan
to’ldirish,
ta'lim-tarbiya
dasturining
bajarilishi
uchunjavobgar,
yozgi
sog’lomlashtirish ishlari, pedagogik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning bilimi,
ishga nisbatan munosabati, ularning mala-kasini oshirish ishlari bo’yicha bosh
rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilish uchun bolalar muassasasida
to’g’ri kun tartibi, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyena qoidalarining
bajarilishini nazorat qiladi, yong’inga qarshi tadbirlaro’tkazadi. Qishga vitaminga