3-bosqich. 1980-yillarning oxiriga kelib mamlakat iqtisodiyoti barqaror
rivojlandi, moliyaviy va kong’yunkturaviy shart-sharoitlar mutaxassislar
tomonidan yuqori baholandi. Jumladan, ulgurji savdodagi barqaror narxlar,
ishsizlikning past darajasi hamda kompaniyalarning kasodga uchrash
ko’rsatkichlari eng past darajalar sifatida ehtirof etildi.
Bu davrda yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarish sohasiga kapital kiritish,
investitsiyalarni mazkur soha korxonalariga yo’naltirish faollashib bordi, shu
bilan birga qimmatli qog’ozlar va uy-joylar narxi keskin oshib ketdi. Natijada
pul massasining asosiy qismi fond va ko’chmas mulk bozoriga oqib o’tdi. Bu
esa, o’z navbatida, iqtisodiyotda “sovun pufagi” holatini keltirib chiqardi. Bu
pufaklar 1990-yillarda yorilishi natijasida iqtisodiyot va moliya sohasida inqiroz
yuzaga keldi. Oqibatda 1997 yilda boshlangan Osiyodagi moliyaviy inqiroz
Yaponiya yirik banklarini ham qiyin va murakkab vaziyatga solib qo’ydi
9
.
8
Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, Ministry of Internal Affairs and Communications Japan,
2014, 25-bet
9
Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, Ministry of Internal Affairs and Communications Japan,
2014, 27-bet
1990-95 yillarda jahon iqtisodiyotidagi siklik inqiroz Yaponiyaga ham
katta ta’sir o’tkazdi. AQSHdan farqli ravishda Yaponiya iqtisodiyoti uchun bir
qator ko’rsatkichlar retsessiya holatidan dalolat berayotgan edi. 1998-1999-
yillar oralig’ida YaIM hajmi 2,8 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ishlab
chiqarishga xususiy kapital qo’yilmalari hajmi 11,7 foizga qisqardi
10
.
G’arb iqtisodchilarining fikriga ko’ra, bir necha o’n yillar mobaynida
barqaror rivojlanib kelgan Yaponiya iqtisodiyotining ayrim tuzilmalari 1992-
1995-yillarda o’zining “mo’rt” jihatlarini namoyon eta boshladi. Xususan,
1992-yilning o’zida sanoat ishlab chiqarishi hajmi qariyb 8 foizga qisqardi.
Yaponiya hukumati 1992-yilning avgust oyida mamlakat tarixidagi eng yirik
favqulodda iqtisodiy chora-tadbirlari dasturini qabul qildi.
2000 yilda ishsizlik 1953-yildan keyin birinchi marta eng yuqori – 4,7
foizga yetdi. Real oylik ish haqi 2 foizga qisqardi. Tabiiyki, iste’mol talabi ham
2,2 foiz qisqardi, bu ayniqsa uzoq muddatli iste’mol tovarlari bozorida yaqqol
namoyon bo’ldi.
1973-yildagi neft inqirozidan keyin ilk bor sanoat ishlab chiqarishi 6,9
foizga kamaydi. Ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hajmi esa 8,2
foizga pasayib, bu investitsiyalarga talabning qisqarishi, kreditlash hajmining
pasayib ketishi va kompaniyalar moliyaviy holatining yomonlashishiga olib
keldi.
Yaponiya
iqtisodiyotining
bunday
depressiya
holati
jahon
kong’yukturasiga ta’sir etmadi. Buning asosiy sababi qilib ekspertlar ichki
talabning importga bog’liqligi kamligini, ya’ni 10 foizligini ko’rsatishdi. Bu
ko’rsatkich AQSHda 1995-yillarda 20 foizni tashkil etgan. Yaponiyaning
eksport salohiyati ham bu yillarda kamaydi, ya’ni eksport hajmi qisqardi.
1998-yilda hukumat tepasiga kelgan yangi kabinet inqirozga qarshi
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirishga kirishdi. Bu iqtisodiy
rivojlanishning istiqbolli dasturlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatini berdi.
Bu dasturlar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oldi:
Yaponiyani elektron davlatga aylantirish;
yirik shaharlar atrofidagi aglomeratsiyalarning transport tizimlarini
rivojlantirish;
ijtimoiy infratuzilma yo’nalishlarini (telekommunikatsiya, ilm-fan va
texnologiya, atrof-muhitni himoya qilish tashkilotlari, ijtimoiy tahminot
muassasalari) yangi sifat bosqichiga ko’tarish;
bandlik barqaror tizimini ilg’or texnologiyalarga asoslangan holda
takomillashtirish.
Bu davrda iste’mol talabini rag’batlantirish maqsadida hukumat bir qator
noanhanaviy choralardan ham foydalandi. Masalan, daromadi past darajada
10
Инаба Х., Цуцуми С. «Японское чудо» и советская экономическая реформа. – М.: «Шелковый путь»,
1991. с.67
bo’lgan oilalarga do’konlarda tovarlar va xizmatlar xaridi uchun imtiyozli
kuponlarni sotish kabilar.
Bu davr jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishi bilan ham
tavsiflanadi, inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga quyidagicha ta’sir qildi: 2008-
yilning ikkinchi yarmida iqtisodiyotda retsessiya holati boshlanib, shu yil
noyabr oyida avtomobillar sotuv hajmi 27 foizga qisqardi. Bu esa 1996-yildan
buyon sotuv hajmi qisqarishidagi eng past ko’rsatkich edi. 2008-yil yakunlariga
ko’ra mamlakat YaIM hajmi 1,2 foizga qisqardi.
Dostları ilə paylaş: |