94
va tartibli foydalanishga o‘rganadilar ularni toza saqlashga faqat zarur
materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga
o‘rganadilar. Bu ta`limiy faoliyat bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini
rivojlantiradi. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhida
naturaga qarab rasm chizish
yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu
talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani analiz qilishga butun
umumiy formani xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga,
xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga
qarab tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar maktabgacha ta’lim
tashkilotining tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich
bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishda doimo foydalanish, bolalarni
rasmni mehanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi. Bolalar naturaga qarab
tasvirlash bularning barchasi bolalarni barcha darslarda, ayniqsa, mehnat darslarida
o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishiga ta’sir etadi. Bolalarni tasviriy faoliyat
ta`limiy faoliyatlari geometrik shakllarni topa olish
yoki ko‘ra olishga, ularni
terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, o‘zunligi, balandligini, qismlarning bir-
biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni maktabni 1-sinfda
elementar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga
yordam beradi. Bolalar
maktabgacha ta’lim tashkilotida kerakli materiallardan qurish-yasash bolalarda
ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni
egallashga
yoki o‘zlashtirishga yordam beradi. Bolalar maktabgacha ta’lim
tashkilotining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarda
mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga asosiy ajratib ko‘rishga predmetni fazoviy
xususiyatlarini analiz qilishga o‘zlari mustaqil ravishda tasvirlash vositalarini
tanlashga o‘rganadilar. Bularning hammasi esa maktabda o‘qish protsessida
zarurdir. Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va
ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi .
Dostları ilə paylaş: