Dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik - muayyan fan bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi
manba.
Didaktika (ta’lim nazariyasi)– (yunoncha «didaktikos» «o‘rgatuvchi»,
«didasko» - «o‘rganuvchi») – ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining
mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni,
ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish
yo‘llari va hokazo muammolari) ni o‘rganuvchi fan.
Didaktik o‘yin- o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Esse – bu muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini yozma ravishda erkin ifoda
etish shakli; u qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni
o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tarbiya– o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga
tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim
tarkibiy qismi.
Fantaziya –xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va
xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.
Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Individual o‘qitish – o‘quvchi shaxsiga alohidayondoshgan holda ta’ lim-
tarbiya berish.
Innovatsiya – yangidan
kiritilgan
tushunchalar,
tartib-qoidalar,
tehnologiyalar va yangiliklar.