T., asosan, tekis, shuningdek, qiyalik yerlarga (terrasa solib) ham
ekiladi. Ekishdan oldin gektariga 30
— 40 t chirigan goʻng, 600–
1000 kg superfosfat, 150
kg kaliyli oʻgʻit solinadi, yer plantaj plug
bilan 60 sm chuqurlikda gʻaydaladi, T.ning bir yillik yaxshi pishgan
novdalaridan kuzda 35
—40 sm uzunlikda qalamchalar olinadi,
koʻchatzorlarda koʻchat yetishtiriladi. T.ning bir yillik koʻchatlari
navi, tuproqiqlim sharoiti, ustirish usuliga qarab qator oraligʻini 2—
3
—4 — 5, tup oraligʻini 2 — 3 – 4 m qilib, kuz va bagʻorda ekiladi.
Novdalari yozning 2yarmida chekanka qilinadi. Kelgusi yili
bahoridan tuplarga shakl beriladi. T. novdalarini koʻtarmay (yertok)
yoki novdalarini soʻri, simbagʻiz, ishkomga kutarib yetishtiriladi,
Kamdankam hollarda aymoqi (daraxtlarga chirmashtirib) qilib
oʻstiriladi. Oʻzbekiston sharoitlarida kuzda kesilib, novdalari
qoʻndoq qilingan holda tuproq yoki barda, poxol bilan yopiladi va
erta bahorda ochilib, madang va novdalari koʻtarib bogʻlanadi.
T. navlari ertapishar (120
—130 kunda), urtapishar (135—140 kunda), kechpishar (150—
170 kunda) navlar guruhlariga boʻlinadi. Oʻzbekistonda 250 ga yakin uzum navlari
rnlashtirilgan. 21-asr boshida respublikada ekiladigan va davlat reyestriga kiritilgan 40 ga
yakin uzum navlari (2004) 3 guruhga boʻlinadi: 1) xoʻraki (Nimrang, Parkent, Kattaqoʻrgʻon,
Toifi, Sultoniy, Charos, Kitob surxagi, Husayni, Qora janjal, Haliliy, Chillaki, Daroyi, Rizamat,
Hoʻja Axroriy va boshqalar); mayizbop (Ok kishmish, Kora kishmish (shivilgʻoni), Pushti
kishmish, Shakarangur, Sultoniy, Kattaqoʻrgʻon, Nimrang va boshqalar); 3) vinobop
(Baxtiyoriy, Aleatiko, Tarnoye, Bayan shirey, Muskatlar, Risling, Bihishti, "VIR", Saperavi va
boshqalar) navlar.
Asosiy zararkunandal ar i: uzum barg oʻrovchisi, oʻrgimchakkana, gʻallakana, buzoqboshi,
qurtlar.
Kasalliklari: ragʻa, kul, mildyu, dogʻli antraknoz, serkosporioz va boshqa
Dostları ilə paylaş: |