Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
San`at. 
O`rta Osiyodagi xonliklarda XVIII-XIX asrlarda xo`jalik tushkunlikka yuz 
tutib borayotgan va aholi turmushi tobora tubanlashayotgan bo`lsada san`at va 
me`morchilik taraqqiyotida bir qator ibratli ishlarning amalga oshirilganligiga 
guvoh bo`lamiz.
Yuqorida biz alohida ta`kidlagan mashhur shoira Nodira haqida uning 
zamondoshi, saroy shoiri Hojar shunday deydi: ―Umarxon vafotidan so`ng bu 
iffat sadafining injusi Farg`ona, Toshkent, Xo`jand, Andijon va boshqa 
shaharlarda fozillar, olimlar, hattotlar, naqqoshlarni o`z hizmatiga chaqirtirib 
keldi‖. 
Bu davrda qurilgan ulkan va go`zal me`morchilik yodgorliklari hozirgi 
kunda ham har qanday kishining diqqat e`tiborini o`ziga tortadi. 
XVII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida Qo`qon 
xonligida ham xalq me`morchiligi rivojlanadi. Xonlikning markazi Qo`qon 
shahrida, Marg`ilon, Andijon, Namangan, Toshkent shaharlarida masjid, 
36
R/Shamsutdinov, Sh/ Karimov, O`.Ubaydullayev. vatan tarixi. T.,‖Sharq‖ 2010, 134-bet. 


31 
madrasalar, kutubxonalar quriladi. Binolarni bezatish uchun ham gul namunalari 
keng qo`llanilib naqshlar chizish, naqshlarni ganchga o`yib solish odat bo`ladi. 
O`sha davrda ham uchala xonlikda ham yuqoridagidek inshoat qurilishi va 
hunarmandchilik san`atining turli yo`nalishlari rivoj topadi. Bulardan tashqari 
yog`och va misga o`yib nozik naqshlar solish, sopol va chinni yarog`-aslahalar 
yasash va har xil uy-ro`zg`or buyumlari matolar to`qish keng tarqaladi. 
37
Qo`qon shahri o`ziga xos yodgorliklari bilan ham mashhurdir. Bu borada 
Qo`qon shu kunga qadar saqlanib qolgan tarixiy me`morchilik yodgorliklari 
bilan Samarqand, Xiva, Buxorodan keyin to`rtinchi o`rinda turadi. 
Bu borada xususan Xudoyorxon o`rdasi Norbo`tabiy madrasasi, Kamol 
madrasasi qozi kabi boshqa o`nlab tarixiy obidalar diqqatga loyiqdir.
Ko`plab tarixiy me`moriy yodgorliklar urush ob-havo va yer qimirlashlari-
zilzilalar tufayli buzilib vayronaga aylanadi, yoki yo`q bo`lib ketadi. Jumladan, 
1815-yilda Qo`qon shaxrida yuz bergan zilzila oqibatida juda ko`plab odamlar 
uylar tagida qolib, halok bo`ldilar. Ayrim joylarda yerlar yorilib ketadi. 
Bir necha kishilar unga tushib halok bo`ladi. Yerdan tutun chiqib suv 
favvora bo`lib otilgan. Yer olti oy davomida silkinib turgan.
Teatr san`atida masqarabozlik, qiziqchilik, dorbozlik, qo`g`irchoqbozlik 
kabi tomosha ko`rinishlari keng tarqaldi. Masalan, Buxoro amirligining turli 
shaharlarida XVIII-XIX asrlarida Sayfulla Masxara, Zokir Masxara, Ergash 
Masxara kabi artistlar ―Rais‖, ―Sudxo`rning o`limi‖, ―Ko`histonlik domla‖, 
―Murobboshi‖ singari asarlarini sahnalarda mohirlik bilan ijro etganlar.
XIX asrda qo`g`irchoq teatrining Shosalix, G`ofur, Halfarang (Qo`qon), 
Orifjon qo`g`irchoqboz, Azimburin, Doniyor (Toshkent), Shomuxuddin 
Shoazimov, Tursinboy Abduljabborov, (Marg`ilon), Siddiqkalon, Jo`raqaynoq 
qo`g`irchaqboz (Samarqand) Zarikmisgar, Sharif sayyoh, Qori Xoji, (Buxoro), 
Qilich (Shahrisabz) va boshqa shular singari ustalar bo`lgan. Xonliklar hududida 
raqs san`atining Farg`ona, Buxoro, Xorazm va tog`li usullari mavjud bo`lib, o`z 
navbatida ularning har biri o`ziga xos jang xususiyati va turlariga ega edi. 
37
R.Shamsiddinov, Sh Karimov, O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T. Sharq. 2003, 143-144-b. 


32 
Masalan: Farg`ona o`yin san`ati ―Katta o`yin‖, ―Kema o`yin‖, ―Xonaki o`yin‖, 
―Yalla‖, Xorazm o`yin san`ati ―Maqom oyin‖, ―Xonaki o`yin‖, ―Lazgi‖, ―Yalla‖, 
―Zangbozi‖ larni o`z ichiga olgan va hokazo. ―107-o`yin‖ ko`proq O`zbekiston 
hududidagi janub xalqlari madaniyatiga xos bo`lib ―Beshqarsak‖, ―Uchqarsak‖, 
―Dastbozi‖ kabi usullardan iborat edi.

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin