5311000 – Texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish va
boshqarish
Лист
Изм. Лист
№ докум
Подпись Дата
2.5 Sath o'lchovchi asboblar tavsifi
Bu asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning sezgir elementa —
qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi va suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir
qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich
og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi.
Undan
tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi ρ0 ga teng
bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni
pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi.
Qalqovichning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lsa,
F=ρ g S X.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarda doimiy va davriy cho‘kadigan (buykali)
qalqovichlar ishlatiladi.
Doimiy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichlarda qalqovichni yuqoriga
ko‘taradigan muvozanatlovchi kuch qalkovich og‘irligiga teng va o‘zgarmas bo‘ladi:
F = G = const.
Bundan foydalanib, qalqovichning suyuqlikka botgan qismining balandligini topish
muvozanatini ta’minlaydigan qalqovich suyuqlik sathi balandligiga muvofiq siljiydi.
rasmda shu prinsipga asosan ishlaydigan doimiy cho‘kadigan
qalkovichli sath
o‘lchagichning oddiy sxemasi ko‘rsatilgan. Sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pchilik sath
o‘lchagichlar shu sxema asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida
muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tross (po‘lag sim) orqali bog‘langan. Yuk bilan
biriktirilgan strelka shkala 4
ga muvofiq
suyuqlik sath balandligini ko‘rsatib turadi.
Bu o‘lchagichning asosiy kamchiligi — shkalasining teskariligi va tross
og‘irligining o‘zgarishi hisobga olinmasligi, baland idishlarda
hisoblash qiyinlign va
hokazo.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarning turli modifikatsiyalari mavjud Ular bir- biridan
tuzilishi, o‘lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish sistemasini
(pnevmatik, elektr va boshkalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.
Idishdagi suyuqlik sathining o‘zgarishiga qarab
qalqovichning siljishini
Kamaygirish maqsadida chiziqli xarakteristikaga ega bo‘lgan davriy cho‘kadigan silindrik
qalqovichdan foydalanish mumkin.
Davriy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichning ishlash prinsipi qalqovich (buyka)
massasining suyuqlikka cho‘kish chuqurligiga qarab o‘zgarishiga
asoslangan.
Bunday sath o‘lchagichlarning sezgir elementi og‘ir jism (masalan, silindr), ya’ni idish
ichida vertikal osilgan va nazorat qilinayotgan suyuqlikka qisman botirilgan qalkovichdan
iborat. Qalqovich bikirligi
С bo‘lgan va kalqovichga ma’lum kuch bilan ta’sir etadigan
5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va
boshqarish
Лист
Изм. Лист
№ докум
Подпись Дата
elastik ilgakka mahkamlangan Suyuqlik sathini
00 holatdan
h ga orttirilsa, itaruvchi kuch
ortadi. Bu buyka ni x miqdoricha ko‘tarishga olib keladi, bunda uning ko‘tarilishi bilan
cho‘kish ko‘payadi.
bunda C— ilgakning bikirligi; ρj ρg —
suyuqlik va gazning zichligi;
h— buyka qalqovich ko‘nda!ang kesiminkng yuzi.
Suyuqlik sathini masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipiga
asoslangan, o‘zgarmas tokning 0 —5 va 0 —20 mA unifikatsiyalangan chiqish signaliga
(UB-E tipli) yoki 20 — 100 kPa havo bosimi mo‘ljallangan (UB-P tipli) qalqovichli sath
o‘lchagichlarini qo‘llaniladi va qalqovichli sath o‘lchagichlarining sath o‘lchami diapazoni
ushbu qatordan tanlanadi: 0 — 0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5;
4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin. Hisob-
kitob operatsiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ± 1,0 dan 10,0 mm gacha
(GOST 13702 — 78) bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.
Agressiv suyuqliklar sathini o‘lchashda qalqovich korroziyabardosh materialdan
tayyorlanadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.)
suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha bo‘lgan
temperaturada muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega:
qurilma sodda, o‘lchash
diapazoni katta, aniqligi yetarlicha katta, agressiv va qovushoq muhitlar sathini o‘lchash
mumkin, o‘lchashning temperatura diapazoni keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi
kamchiliklari:
idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari borligi
sababli yetarli mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari.
Dostları ilə paylaş: