2-masala. Agar sonning yozuvida raqamlar takrorlanmasa 7,3 va
6 raqamlaridan foydalanib nechta ikki xonali son tuzish mumkin?
Yechish. Ikki xonali sonni yozish uchun o`nlar xonasidagi
raqamni va birlar xonasidagi raqamni tanlab olishimiz zarur. Masala
shartiga ko`ra sonning yozuvidagi o`nlar xonasida 7,3 va 6
raqamlarining ixtiyoriy biri bo`lishi mumkin, ya’ni o`nlar xonasidagi
raqamni uch usul bilan tanlash mumkin. O`nlar xonasidagi raqam
aniqlangandan so`ng, sonning yozuvida raqamlar takrorlanmasligi
shartidan birlar xonasidagi raqamni tanlash uchun ikkita imkoniyat
qoladi. Ixtiyoriy ikki xonali son o`nlar va birlar xonasidagi
raqamlardan tuzilgan tartiblangan juft bo`lgani uchun, ko`paytma
qoidasiga asosan ularni tanlashni
usul bilan amalga oshirish
mumkin.
Javob: 6 ta ikki xonali son tuzish mumkin: 73,76,36,37,67,63.
3-masala 7,3 va 6 raqamlaridan foydalanib nechta ikki xonali
son tuzish mumkin?
Yechish.Bu xolda ham sonning yozuvidagi o`nlar xonasida 7,3
va 6 raqamlarining ihtiyoriy biri bo`lishi mumkin, ya’ni o`nlar
xonasidagi raqamni uch usul bilan tanlash mumkin. O`nlar
71
xonasidagi raqam aniqlangandan so`ng, birlar xonasidagi raqamni
ham uch usul bilan tanlash mumkin (chunki sonning yozuvida
raqamlar takrorlanishi mumkin); ixtiyoriy ikki xonali sonning yozuvi
ikkita raqamdan tuzilgan tartiblangan juft bo`lgani uchun, ko`paytma
qoidasiga asosan ularni tanlashni 3*3=9 usul bilan amalga oshirish
mumkin.
Javob: 9 ta ikki xonali son tuzish mumkin: 77, 73, 76, 37, 36,
33, 67, 66, 63 4-masala 7,3 va 6 raqamlaridan foydalanib nechta
uch xonali son tuzish mumkin?
Yechish.Masala shartiga ko`ra uch xonali sonlar yozuvida
raqamlar takrorlanishi mumkinligidan yuzlar, o`nlar va birlar
xonasidagi raqamlarni har birini uch usul bilan tanlash mumkin
bo`ladi. Ixtiyoriy uch xonali sonning yozuvi uchta raqamdan tuzilgan
tartiblangan uchlikdan iborat bo`lgani uchun, ko`paytma qoidasiga
asosan ularni tanlashni 3*3*3=27 usul bilan amalga oshirish
mumkin.
Javob:
27
ta
uch
xonali
son
tuzish
mumkin:
333,336,337,363,366,367,373,376,377,633,636,637,663,666,667,673
,676,677,
733,736,737,763,766,767,773,776,777.
5-masala. Agar sonning yozuvida raqamlar takrorlanmasa, 7, 3
va 6 raqamlaridan foydalanib nechta uch xonali son tuzish mumkin?
Yechish. Sonning yozuvida yuzlar xonasida 7, 3 va 6
raqamlarining ihtiyoriy biri bo`lishi mumkin ya’ni yuzlar xonasidagi
raqamni uch usul bilan tanlash mumkin. Yuzlar xonasidagi raqam
aniqlangandan so`ng shartga ko`ra raqamlar takrorlanmasligidan
o`nlar xonasidagi raqamni tanlash uchun ikkita imkoniyat qoladi.
O`nlar xonasidagi raqam ham aniqlangandan so`ng birlar xonasidagi
raqamni faqat bitta usul bilan tanlash mumkin bo`ladi. Ihtiyoriy uch
xonali sonning yozuvi uchta raqamdan tuzilgan tartiblangan uchlik
bo`lgani uchun ko`paytma qoidasiga asosan ularni tanlashni
3*2*1=6 usul bilan amalga oshirish mumkin.
72
Javob: 6 ta uch xonali son tuzish mumkin: 736, 763, 376, 367,
673, 637.
Dostları ilə paylaş: |