83
4. 5 ta o`rtoq o`zlarining rasmlari bilan almashdilar. Buning
uchun nechta rasm kerak bo`ladi?
5. 5 ta o`rtoq qo`l berishib ko`rishishsa, nechta korishish amalga
oshiriladi?
6. 3 ta kresloga 3 ta odamni necha usul bilan o`tkazish mumkin?
7. Yozuvda barcha raqamlari toq bo`lgan nechta ikki xonali sonlar
mavjud?
8. Turli toq raqamlar bilan yoziladigan nechta ikki xonali sonlar
mavjud?
9. Yozuvda barcha raqamlar juft bo`lgan nechta uch xonali sonlar
mavjud?
10. Turli juft raqamlar bilan yoziladigan nechta ikki xonali son
mavjud?
11. 4”A” sinfda 30 ta o`quvchi bor. Sinf bo`yicha ikkita
navbatchini necha xil usulda belgilash mumkin?
12. 4”A” sinfda chorshanba kuni beshta dars bo`lib, beshta tuli
fanlar o`rganiladi. Bu sinf uchun chorshanba kungi darslar jadvalini
necha xil usul bilan tuzish mumkin?
13. 7,0,5 raqamlaridan foydalanib, barcha mumkin bo`lgan ikki
xonali sonlarni yozing.
14. Seyf 5,2 va 7 raqamlaridan tuzilgan kod yordamida ochiladi.
Seyfning kodi 500 dan katta bo`lgan toq son bo`lib, beshga karralidir.
Bu qaysi son bo`ladi?
Dostları ilə paylaş: