137
• qimmatli qog‗ozlarning investitsion sifatlarini.
Monitoringning maqsadi– qabul qilingan
portfel turiga mos keluvchi
investitsion hossali qimmatli qog‗ozlarni tanlash.
Monitoring – portfelni aktiv va passiv kuzatish, tahlil
qilish va shakllantirib
boshqarishning asosi, investitsion daromadlarni prognoz qilish,
qimmatli
qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalarni jadallashtirish
3. Monitoring natijalari va portfel turiga ko‗ra boshqarish taktikasini
(strategiyasini) tanlash. Samarali taktikani tanlash ko‗pdan menejerning san‘atiga
bog‗liq.
4. Monitoring to‗g‗risidagi shartnoma bo‗yicha
hisobot tayyorlash va
monitoring tahlil natijalari bo‗yicha takliflar berish.
Fond bozorining tez o‗zgaruvchanligi va turli omillarga ta‘sirchanligi sababli
portfelni boshqarishda uni optimallashtirish katta ahamiyatga ega. Portfel tuzilmasini
yaxShiilash bo‗yicha
likvidlilik, daromadlilik va risk darajasi o‗rtasidagi chegarani
topishda optimallashtirish qo‗llaniladi. Hozirda portfelni optimallashtirish uchun turli
modellar qo‗llaniladi, masalan, Markovitts, Sharp,
Blek-Shouls, ART va
boshqalari
22
.
Optimal portfelni tanlash ketma-ketligi quyidagilar:
1) Portfelni optimallashtirish bo‗yicha monitoring to‗g‗risida shartnoma tuzish.
2) Monitoringo‗tkazish.
3) Optimallashtirish modelini tanlash.
4) Portfelni boshqarish bo‗yicha qaror qabul
qilish maqsadida monitoring
natijalari bo‗yicha portfel tarkibini optimallashtirish.
5) 8.5.1-8.5.4 formulalar yordamida portfelni qayta ko‗rib chiqish (―Changini
qoqish‖, kerakli qismini yangilash).
6) Yangilangan portfelni qayta monitoringini o‗tkazish va boshqatdan
(yangidan) optimallashtirish (portfelni boshqarish bo‗yicha navbatdagi qarorni qabul
qilish).
7) Monitoring shartnomasi muddatining tugashi bilan hisobot tayyorlab taqdim etish.
22
Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж. Инвестиции: Пер.с англ.-М.: Инфра М, 1999.-1028 с.