Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
87
544. Anas ibn Molik (r.a.)dan
rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh
(s.a.v.)dan: "Allohu azza va jalla bir bandani o'ziga sevimli ikkita a'zosi (ya'ni ikki ko'zi)
bilan mubtalo qilsam,
keyin u shunga sabr qilsa, badaliga jannatni beraman", degan
hadislarini eshitdim".
545. Abu Umoma (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.)
aytdilar: "Alloh taolo: "Ey, Odam farzandi! Men sening ikkita nozik a'zoyingni (ko'zingni)
olsam va shu musibatga duchor bo'lganingga sabr etsang va shunga mendan savob
umid qilsang, senga jannatdan bo'lak savob berishga men rozi bo'lmayman", deydi".
Dostları ilə paylaş: