Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Qul bilan taom yemakni xohlamasa



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   234
al adab ala mufrat

100-bob. Qul bilan taom yemakni xohlamasa... 
198. Abu Zubayr (r.a.) Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.)ning bir kishining 
xizmatkori bir qancha mashaqqatga, o’tning issiqqa chidab taomini pishirib kelsa, uni 
taomga taklif qilsin, degan buyruqlari bormi?" - deb so’ralganda, Jobir: "Ha, albatga bor. 
Agar kimki quli bilan taom yemakni xohlamasa taomidan uning xissasini bersin!" - 
deganlar, dedi. 
101-bob. O’z taomidan quliga ham bersin 
199. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) dedilar: "Rasululloh (s.a.v.) qullarga yaxshilik qilishga 
harakat qilishni buyurib, shunday marhamat qildilar: "qullarga uzingiz yegan taomdan 
yediring va o’zingiz kiygan libosdan kiydiring hamda Allohning yaratgan jonlariga ozor 
bermang". 
102. Xizmatchini taomga taklif qilish haqida 
200. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko’ra Rasululloh (s.a.v.) shunday 
deganlar: "Qay biringizga xizmatchi taom keltirsa, uning o’zini ham taomga taklif etsin, 
agar taom yemakka o’tirmasa, o’sha taomdan uni siylasin". 
201. Abu Mahzura (r.a.) aytdilar: "Men Hz. Umar (r.a.) huzurlarida o’tirgan edim. Shu 
vaqtda Safvon ibn Umayya chopon kiygan bir necha kishiga katta bir idishda taom 
ko’tartirib keltirdida, hazrat Umar (r.a.) oldilariga qo’ydi. hz. Umar (r.a.) qullarni 
chaqirib taomni ular bilan birgalikda yedilar. Keyin u zot: "O’zlari bilan qullarining taom 
yeyishini xohlamagan kishilarga Alloh taoloning la'nati bo’lsin!" - deb duoibad qildilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Hz. Umarning bu so’zlarini eshitgan Safvon: "Vallohi, biz qullar bilan taom yemakdan 
tortinmaymiz, lekin o’zimizga va ularga ham yetadigan yaxshi taomni topa olmaganimiz 
uchun ularni chaqira olmaymiz", dedilar". 
103-bob. Qul xo’jasiga yaxshi xizmat qilsa... 
202. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qaysi bir qul 
o’z xo’jasiga xayrixoh bo’lish bilan birga Alloh taologa itoatni yaxshilab bajarsa, ikki 
barobar ajrga ega bo’ladi", dedilar". 
203. Xurosonlik bir kishi Omir Sha'biy (r.a.)ga: "Bizlar o’z oramizda bir kishi o’zining 
ummu valadini ozod qilib, keyin uni o’ziga xotin qilib olsa, harami sharifga hadya qilib 
yuborgan tevasini o’zi mingan kishidek bo’ladi, deb gapirib yuramiz", dedi. Shunga javob 
tariqasida Omir: "Menga Abu Burda (r.a.) o’z otalaridan rivoyat qildilar, inchunun 
Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Uch toifa kishilar bor, ularga ikki barobardan ajr 
beriladi: birinchisi, axli kitoblardan bo’lgan kishiki, o’z payg’ambari va Muhammadga 
ham imon keltirgan bo’lsa, ikkinchisi, birovning ixtiyorida bo’lgan qul, u Alloh taoloning 
haqini ham, o’z xo’jalarining haqini ham ado qilgan bo’lsa, uchinchisi, o’zi jinsiy aloqa 
qilib yurgan cho’risiga odob va ilm o’rgatib yaxshi odoblik, yaxshi ilmlik qilgandan keyin 
uni ozod qilib, o’ziga xotin qilib olgan kishi", degan edilar, deb xabar qiladi. Shu hadisni 
rivoyat qilgandan keyin Omir Sha'biy u kishiga qarab: "Mana bu hadisi sharifni biz senga 
hech narsasiz quruqdan-quruqqa aytib berdik. Bundan kichikroq hadisni bilib olish uchun 
kishilar Madinagacha biror narsaga minib borardilar", dedilar. 
Ummu valad - o’z xujasidan bola orttirgan cho’ri. 
Harami sharifga borish uchun niyat qilib ehrom bog’lagandan keyin bir uzr bilan bora 
olmay qolsa, bir jonliq molni hadya qilib u yerga yuborishi kerak. Lekin uni minib emas, 
balki haydab, yetaklab olib boriladi. 
204. Abu Muso (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini rivoyat 
qildilar: "Rabbiga qulligini go’zal tarzda ado etgan kishiga, o’z xo’ja-sining molini saqlab, 
unga itoat etgan qulga ikki karra mukofot bordir". 
205-hadis 204-hadisning takrori bo’lib, faqat u Abu Burda (r.a.)dan rivoyat qilingan. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin