Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Er xonadonning muhofazakoridir



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   234
al adab ala mufrat

108-bob. Er xonadonning muhofazakoridir 
212-hadis 206-hadisning aynan takrori, bu hadisni imom Muslim ham naql qigan. 
213. Molik ibn Huvayris (r.a.) aytdilar: "Bizlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldikda, 
yigirma kecha turib qoldik. hammamiz deyarli tengdosh yigitlar edik. Rasululloh (s.a.v.) 
bular o’z vatani, qavm-qarindoshlarini sog’inib qolgan bo’lsa kerak, deb bizdan 
yurtimizda qolgan qavm-qarindoshlarimiz haqida so’radilar. Vatanimizda qolgan 
oilalarimiz haqida Rasululloh (sa.v.)ga aytib berdik. Rasululloh (s.a.v.) muloyim va 
marhamatlik kishi edilar. "Endi o’z qavm-qarindoshlaringiz oldiga borib, ularga 
bilganlaringizni o’rgating, namozni mendan ko’rganlaringizdek qilib o’qinglar.Namoz 
vaqti kelganda, bittangiz azon ayting va yoshda kattaroqlaringizdan biri imom bo’lsin, 
dedilar". 
Yoshi kattaroq bo’lgan kishi ilmda va qiroatda boshqalardan kam bo’lmagan taqdirda 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
joizdir, aks holda yoshining e'tibori yo’q, Rasululloh (s.a.v.)ularning ilmda va qiroatda 
tengligini bilganlari uchun bu shartlarni zikr qilmadilar. 
109-bobdagi 214-hadis ham. mazmunan 206-hadisning takrori, faqatunda xotin kishi 
xonadonning muhofazakori ekanligi ta'kidlanadi. 
110-bob. Yaxshilikka yaxshilik qilish haqida 
215. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):"Kim moddiy jihatdan birovga 
yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytarilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini 
g’oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o’rnida o’tadi. Ammo u kishining 
yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo’ladi. Kim o’zida yo’q 
narsani menda falon narsa bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bilan o’ralgan 
hisoblanadi", dedilar". 
Ya'ni u ikki barobar yolgondir . 
215-hadis. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Kim Alloh taoloning 
panohiga Sig’inib sizlardan yordam so’rasa, unga yordam qiling. Allohni vosita qilib biror 
narsa so’rasa, so’ragan narsasini bering. Birov sizga moddiy yaxshilik qilsa, yaxshiligini 
qaytaring! Agar uni qaytarishga qodirbo’lmasangaz, u kishi haqiga duo qiling, toki u 
odamning qilgan yaxshiligi bekorga ketmaganini bilsin", dedilar". 
216. Ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildi: "Kimki 
Allohga sigansa, uni muhofaza qiling. Kim Alloh uchun biron nima so’rasa, uni bering. 
Kim sizlarga yaxshilik qilsa, siz ham o’shandoq yaxshilik bilan qaytaring. Agar yaxshilik 
qilish uchun biron nima topa bilmasangiz, uni duo qilingki, yaxshiligiga javob qaytargan 
bo’lasiz". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin