Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini 
istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir. Dialektik ziddiyat – bir-birini 
istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-qarshiliklar – 
ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni echish mexanizmidir. 
Quyidagi faktlar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga 
misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat 
organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini 
ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda 
jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida 
bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining 
aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror 


bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar 
olgan daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor 
kon’Yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va 
xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. 
Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan 
ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi.
Bu va boshqa dalillar bilishda ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham
bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-
yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, 
lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi 
olim o‘z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar 
mavjudligiga uning ishonchi Yuq edi.
SHunday qilib, qarama-qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri 
bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa bog‘lanish 
xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-qarshi 
a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin