sababidir. Kattalarda distal kanalchada suv va natriyning tashilishi nisbatan
mustaqil jarayonlardir. Chaqaloqlarda bu jarayonlar o’zaro bog’langan. Shu
sababli ular organizmiga ko’p miqdorda suv tushsa, diurez ko’payadi, ammo
ayni vaqtda natriyning ajralishi ham ortib, kation yetishmovchiligi rivojlanishi
mumkin. Ortiqcha suvni organizmdan chiqarib tashlash samaradorligi 5 kunlik
bolalarda ancha ortadi.
Chaqaloqlar buyragining siydikni quyultirish imkoniyati chegaralangan.
Ularda siydikning eng yuqori osmotik konsentratsiyasi 650 mosm/l dan
oshmaydi (kattalarda bu ko’rsatkich 1500 mosm/l ga yetishi mumkin).
Yangi tug’ilgan bolalar buyragi kanalchalarining rivoji yetarli emasligidan
moddalar sekretsiyasining sustligi ham dalolat beradi. Ularning qonidan
paraaminogippur kislotaning chiqib ketish tezligi kattalardagidan ikki marta
sust. Chaqaloqlarda penitsillinni sekretsiya yo’li bilan qondan siydikka
ajratadigan mexanizm faolligi ham juda sust.
Ammo vodorod ionlari sekretsiyasi bir haftalik bolalarda tana massasining 1
kg ga hisoblaganda, kattalardagiga teng, filtratning hajm birligiga hisoblaganda
esa uch barobar ko’p. Vodorod bu davrda asosan ammoniy tuzlari tarkibida
ajraladi, uning titrlanadigan kislota shaklidagi miqdori ancha oz.
Chaqaloqlar bir kecha-kunduzda ajratadigan siydik miqdorining chegarasi
ancha keng. Birinchi kunlar
fiziologik oliguriya (siydik miqdorining ozligi)
kuzatiladi. Bola hayotining uchinchi kunidan diurez ortadi va haftaning oxirida
birinchi kundagiga nisbatan 7-8 marta ko’p va 60-65 ml/kg/24 soatni tashkil
qiladi (31-jadval). Bu miqdor katta yoshdagi odamning diurezidan 3-4 marta
ko’p.
31-jadval
Dostları ilə paylaş: