SO’Z BOSHI
Sog’lom bolalar salomatligini va o’sish
jarayonini nazorat qilish, kasalga
chalingan bolalarni davolash samarali bo’lishi uchun pediatr rivojlanayotgan
organizm xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak.
Shu sababli tibbiyot
institutlarininig pediatriya fakultetida tahsil olayotgan talabalar uchun bolalar
fiziologiyasiga oid ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan qo’llanma yaratish
ehtiyoji tug’ildi.
Bir guruh mualliflar tomonidan yozilgan va professor V.D.Glebovskiy tahriri
ostida 1989-yilda chop etilgan «Fiziologiya ploda i detey» nomli o’quv
qo’llanmadan o’zbek tilida ta’lim oladigan talabalar foydalanishlari qiyin.
Undan tashqari, mazkur qo’llanmaning deyarli
barcha qismlari yangiliklar
kiritish va o’zgartirishni talab qiladi.
Pediatriya fakultetida normal fiziologiyadan saboq berish tajribasiga va
bolalar fiziologiyasiga oid anchagina ma’lumotlarga ega bo’lganimiz uchun
mazkur qo’llanmani yaratishga qo’l urdik.
Qo’llanma normal fizioligiya fanidan «Pediatriya ishi» yo’nalishi bo’yicha
namunaviy dastur (2006 y) asosida yozilgan va «Bolalar fiziologiyasi» deb
nomlangan, chunki unda biz postnatal ontogenezning faqat bolalik davrlarida
organizm faoliyatida kuzatiladigan xususiyatlariga to’xtaldik.
Homila
fiziologiyasiga oid ma’lumotlar qo’llanmada o’z aksini topmadi. Fikrimizcha
ular embriologiya kursida yoritilishi kerak.
Kichik yoshdagi bolalarda tekshirishlar o’tkazish ma’lum qiyinchiliklarga
ega. Masalan, ba’zi tizimlar faoliyatini tekshirishda odam ixtiyoriy ravishda bu
faoliyatlarni o’zgartirishitalab qilinadi. Murg’ak bola ma’lum
yoshgacha
bunday sinamalarni bajara olmasligi va boshqa sabablarga ko’ra bir qator a’zolar
faoliyati yetarlicha o’rganilmagan. Qo’llanmaning bunday a’zolar faoliyatiga
oid boblari ancha qisqa, yaxshi tekshirilgan a’zolarga bag’ishlangan qismlari esa
kengroq yoritilgan.
A’zo faoliyatlarining ontogenezda shakllanishi ko’proq hayvonlarda tajriba
o’tkazish yo’li bilan o’rganilgan. Olingan ma’lumotlar juda ko’p va qiziqarli.
Ular asosida faoliyatlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari yaratilgan.
Ammo hayvonlarda o’tkazilgan tajriba natijasini
odamga juda ehtiyotlik bilan
ko’chirish lozim. Bo’lajak pediatr uchun bevosita bolalarda olingan ma’lumotlar
muhimligi sababli, faqat bolalarda o’tkazilgan tekshirishlar natijasidan
foydalanishga harakat qildik. Hayvonlarda olingan natijalarni istisno shaklida
qo’lladik.
Fiziologik jarayonlar ko’rsatkichlari katta yoshdagi odamlarda ham ma’lum
chegarada o’zgarib turadi. O’sayotgan
organizmga kelsak, bu chegaralar ancha
keng bo’lib, turli ma’lumot manbalarida keltirilgan ko’rsatkichlarning son
miqdorida sezilarli farq bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda ko’rsatkichning
mutloq miqdoriga emas, uning yoshga bog’liq bo’lgan o’zgarish
dinamikasiga
ko’proq ahamiyat berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mazkur qo’llanma pediatriya fakultetlari talabalariga mo’ljallangan bo’lib,
undan pedagogika fakultetlari va o’rta tibbiy bilim yurtlari talabalari ham
rivojlanayotgan organizm faoliyatlari to’g’risida aniq bilimga ega bo’lishlarida
foydalanishlari mumkin.
Hamkasblarimiz kitobni xayrixohlik bilan qabul qiladilar va o’zlarining
qimmatli fikr va mulohazalarini izhor etib, kamchiliklarni yo’qotishga
ko’maklashadilar, deb umid qilamiz.
Mualliflar