Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARDA QON TIZIMINING XUSUSIYATLARI



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDA QON TIZIMINING XUSUSIYATLARI
Qon tizimi juda murakkab bo’lgan bir nechta tuzilmalardan tashkil topgan.
Ularga qonning o’zi, qon yaratuvchi a’zolar, qon yemirilishini ta’minlovchi
a’zolar va bu tizimni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi. Qon yaratuvchi a’zolar
ikki muhim vazifani bajaradi: birinchidan, qonning shaklli unsurlari
(elementlarini) yaratadi, ikkinchidan, hujayra va gumoral immunitetni
ta’minlaydi. Ular markaziy va chetdagi a’zolarga bo’linadi. Qizil suyak ko’migi
va ayrisimon bez (timus) odamning markaziy qon yaratuvchi a’zolarini tashkil
qilsa, chetdagi a’zolarga limfa tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi,
asosan hazm tizimi devoridagi limfoid to’qima kiradi. Bu a’zolarning
hammasida yoshga bog’liq sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi.
BOLALARDAGI QON YARATUVCHI A’ZOLARNING
XUSUSIYATLARI


Suyak ko’migi. Bola tug’ilganidan keyin uning qon aylanishida jiddiy
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi,
organizmning qonga bo’lgan ehtiyoji ortadi. Bu o’zgarishlar qon yaratilishining
tezlashishini talab qiladi.
Chaqaloqlik davrida qon hujayralari asosan qizil ko’mikda rivojlanadi.
Uning miqdori chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda katta yoshdagi
odamlarnikiga nisbatan tana massasining 1 kg ga hisoblaganda 2-2,5 marta ko’p,
chunki naysimon va yassi suyaklarning g’ovak moddasi va bo’shlig’ini qizil
ko’mik to’la egallagan. Bola 4 yoshga yetganda naysimon suyaklar diafizida ilik
(sariq ko’mik) paydo bo’ladi va balog’atga yetish davrida suyaklarning bu
qismini to’ldiradi. Sariq ko’mik gemopoezda ishtirok etmaydi.
Qonning shaklli unsurlarini yaratuvchi o’zak hujayralarning asosiy qismi
qizil ko’mikda joylashgan. Qizil ko’mikda umuman uchraydigan 1mln
hujayraga 50 ta o’zak hujayra to’g’ri keladi. Ulardagi ko’mikda eritrotsitlar,
donali leykotsitlarning hammasi, qon plastinkalari, monotsitlar, makrofaglar va
limfotsitlar rivojlanadi.
Ko’mik eritrotsitlar yemirilishida, ulardan ajralgan temirni qayta
o’zlashtirishda va gemoglobin sintezida ishtirok etadi. Ko’mikda mononuklear
fagotsitlar ko’p. Ular yuqori fagotsitar faollikka ega.
Chaqaloqlarda qon yaratilishi ba’zi embrional xususiyatlarni saqlab keladi.
Ko’mikda yetuk qon hujayralari bilan bir qatorda hali yosh hujayralar ham
uchraydi. Ko’mikning hujayra tarkibi juda o’zgaruvchan. Shu sababdan turli
mualliflar o’z ishlarida keltirgan miyelogrammalarda (ko’mikning hujayra
tarkibida) katta farqni ko’ramiz. Ammo chaqaloqning ko’migida limfoid kurtak
yaxshi rivojlanganini hamma tan oladi. Limfoid hujayralar soni asta-sekin
kamayadi va balog’atga yetganda katta yoshdagi odamlarniki bilan tenglashadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, chaqaloqlik davrida qon yaratuvchi a’zolarning
regeneretor qobiliyati juda yuqori. Ular yo’qotilgan qon o’rnini tez to’ldira
oladi. Ichki va tashqi muhit o’zgarishlari qon yaratilishini embrional holatga
qaytarishi ham mumkin. Bunday sharoitlarda qonning shaklli unsurlari yana
jigarda rivojlana boshlaydi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin