bunday a’zolar faoliyatiga oid boblari ancha qisqa, yaxshi tekshirilgan a’zolarga
bag’ishlangan qismlari esa kengroq yoritilgan.
A’zo faoliyatlarining ontogenezda shakllanishi ko’proq hayvonlarda tajriba
o’tkazish yo’li bilan o’rganilgan. Olingan ma’lumotlar juda ko’p va qiziqarli.
Ular asosida faoliyatlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari yaratilgan.
Ammo hayvonlarda o’tkazilgan tajriba natijasini
odamga juda ehtiyotlik bilan
ko’chirish lozim. Bo’lajak pediatr uchun bevosita bolalarda olingan ma’lumotlar
muhim. Shuning uchun qo’llanmada iloji boricha faqat bolalarda o’tkazilgan
tekshirishlar natijasidan foydalanishga harakat qildik. Hayvonlarda olingan
natijalarni istisno shaklida ishlatdik.
Fiziologik jarayonlar ko’rsatkichlari katta yoshdagi odamlarda ham ma’lum
chegarada o’zgarib turadi. O’sayotgan organizmga kelsak,
bu chegaralar ancha
keng. Shuning uchun turli ma’lumot manbalarida keltirilgan ko’rsatkichlarning
son miqdorida sezilarli farq bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda ko’rsatkichning
mutloq miqdoriga emas, uning yoshga bog’liq holda o’zgarish dinamikasiga
ko’proq ahamiyat berilsa to’g’riroq bo’ladi.
Mazkur qo’llanma pediatriya fakultetlari talabalari uchun mo’ljallangan
bo’lib, talabalarning o’sayotgan organizm faoliyatlari to’g’risida aniq
tushunchaga ega bo’lishlarida yordam beradi, deb o’ylaymiz. Undan pedagogika
fakultetlari va o’rta tibbiy bilim yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Hamkasblarimiz kitobning
kamchiliklariga qaramay, uni xayrixohlik bilan
qabul qiladilar va o’zlarining qimmatli fikr va mulohazalarini izhor etib,
kamchiliklarni yo’qotishga ko’maklashadilar, deb umid qilamiz.
Mualliflar