Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Limfatik tugunlar. Limfa tomirlari bo’ylab juda ko’p limfa tugunlari
joylashgan. Tanada bu limfatik tugunlarning umumiy massasi 1,5-2 kg atrofida.
Limfatik tugunlarning qon yaratilishidagi ishtiroki T- va B-limfotsitlar
ko’payishini, ularning antigenga mos holda ixtisoslashishini va spetsifik
antitelolar ishlab chiqarishni ta’minlashdan iborat.
Tugun darvozasi sohasidan o’tgan kesimda chekka joylashgan to’qroq
po’stloq va ochroq bo’lgan markaziy moddalarini ko’rish mumkin. Po’stloq
moddaning qismini limfoid follikullar tashkil qiladi. Ularning markaziy qismida
B-limfotsitlar ko’p.
Po’stloq va mag’iz moddalar chegarasidagi parakortikal sohada T-limfotsitlar
rivojlanadi.
Mag’iz modda follikulalaridan va parakortikal sohadan boshlanib, tugun
ichiga botib kirgan mag’iz tasmalar ko’p. Tasmalar B-limfotsitlar, plazmatik
hujayra va makrofaglardan iborat.
Rivojlanib, yetilgan limfotsitlar limfatik tugunlar sinusiga tushadi va limfa
tarkibida oqib, bir necha limfatik tugundan o’tadi. Natijada limfadagi
limfotsitlar soni borgan sari ko’payadi.
Bola tug’ilganida limfatik tugunlar qon yaratuvchi a’zo sifatida yetuk holda
bo’ladi. Emizikli davrida antigenlar tomonidan rag’batlangan limfatik
tugunlarning follikullari kattalashadi. Balog’atga yetish davri tugagandan keyin
limfatik tugunlarning po’stloq sohasi kichiklashadi.
Taloq. Taloq qon yaratuvchi a’zolar orasida tuzilishi jihatidan eng murakkab
bo’lgan a’zo hisiblanadi. Postnatal ontogenezda u limfopoezda, eritrotsitlar,


leykotsitlar va trombotsitlarning yemirilishida ishtirok etadi. Unda temir
to’planadi va immunoglobulinlar sintezlanadi. Sog’lom odamning talog’ida umri
tugagan eritrotsitlarning faqat 13-23% i yemiriladi. Demak, u eritrotsitlarni
yemiruvchi asosiy a’zo emas.
Chaqaloq talog’ining og’irligi 10 g atrofida, kattaligi esa bolaning kaftidek.
Bola tug’ilganida taloqning gistogenezi hali tugamagan bo’ladi. Unda hujayralar
tarkibining shakllanishi bir necha yil davom etadi. Taloq kapsulasi, trabekulalari
va tomirlari takomillashadi. Chunonchi, trabekulalar arteriyalarning silliq
muskullar qavati qalinlashishi natijasida ular mustaqil ravishda torayib,
kengayish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Bola o’sishi jarayonida (10-12 yoshgacha) taloqning limfoid to’qimasini
faolligi ortadi, arteriyalar atrofida limfopoez o’choqlari kattalashadi, oq va qizil
pulpaning nisbati o’zgaradi.
Chaqaloq talog’ida oq pulpaning miqdori a’zo massasining 10-11% ini
tashkil qiladi. Emizikli davri tugaganida bu miqdor 2 baravar oshadi. Shunga
yarasha qizil pulpaning miqdori kamayadi. Bola 5 yoshga to’lgunicha bu nisbat
saqlanib turadi, keyin asta-sekin kamayadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin