“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 192
w www.oriens.uz June 2022 MUHOKAMA VA NATIJALAR Til- millatning ma’naviy boyligi. Til-davlatning timsoli. Til nafaqat muomila
vositasi- balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Uni
asrab avaylash yuksaltirish, millatning kelajak poydevori demakdir. Shu nuqtai
nazardan roman muallifi ham asarida o’z qahramonlarini shunday ta’riflaganki,
bunda qahramonlarning ta’rifini oq’igan har bir o’quvchi o’ziga tarbiya sifatida
albatta yangilik olmasdan qolmaydi. Quyida esa qahramonlarining ta’riflarini keltirib
o’tishni joiz topdim.
Sun U-kun asarning asosiy qahramoni sifatida gavdalanadi.
Sharqiy dengiz tarafdagi gullar va mevalar nomli tog’dagi Aolango yurtida
toshdan sehrli maymun dunyoga keldi.Uning kuchi shunchalar ko’p ediki hatto uning
ta’rifi Samogacha yetib bordi. U Mangulik shaftolisini, samo yemishlari va sharobini
ichgan ya’ni-ki mangulik beruvchi narsalarni yegan va Lao Szining o’lmas
malhamini ichgan edi. Ammo Sun U-kun ko’plab bezorilik qilib, jazo sifatida Usin
tog’iga qamab qo’yiladi.Oradan 500 yil o’tgandan so’ng Sun U-kunni Hindistondan
Xitoyga buyuk Buddaning burug’i bilan saturalarni olishga ketayotgan rohib Syun
Szan ozod qiladi. Yo’l-yo’lakay shogird qilib olib tarbiya berib boradi. Rohib Sun U-
kunni madaniyatli va fahm farosatli qilib shakllantiradi.
Ju Baje ham asarning asosiy qahramonlaridan biri hisoblanib, asosan ko’mik
rolda gavdalanadi.Ma’lum bir vaqt osmonda yashovchi ilohiy bo’lgan. Lekin ayb ish
qilib yerga g’arbiy qishloqlarning biriga jo’natilgan. U yerda bir dehqon qiziga
uylanadi. O’sha qishloqdan Syun Szan va Sun U-kun o’tib ketayotgan paytda ota
kuyovi ustidan arz qiladi. Shundan so’ng Sun U-kun Ju Bajeni rosa savalaydi va uni
tarbiyalash maqsadida o’zlari bilan G’arbga soyahtaga birga olib ketishadi.
Asarning 4 ta bosh qahramonlaridan biri bo’lgan Sha Sen ham romanning
boshidan to ohirigacha birga bo’ladi. Uzoq O’tmishda u osmon saroyida general
bo’lgan, lekin qandaydir arzimas hatosi uchun yerga haydalgan. U hatosini tushunib
qaytishga izn so’raydi, u rozi bo’ladi faqatgina Rohibni o’quvchisi bo’lib, uni
xavfsizligini ta’minlab G’arbga borsagina.
Ushbu asarda muallif o’zining to’qima obrazlar orqali o’z xalqining
mardonavorligini, sofdilligini, mehnatsevarligini, urf-odatlariga sodiqligini hamda
birdamligini o’quvchilarga yoritib beradi. Muallif asari bilan nafaqat xalqini balki,
o’z davlatning urf-odatlarini, davlatning geografik jihatdan tuzilishi, manzalarini ham
ajoyib tasvirlab beradi. Bu asarda tabiat tasvir shunday tasvirlanganki, xar bir
o’quvchi asarni o’qish davomida o’sha muhit va o’sha davr manzarasi ichiga tushib