Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
122
Olamda oliy qoidaga bo‘ysunmaydigan narsa yo‘q. Masalan, bug‘doy, guruch, kanop, tariq doimo
muayyan bir muddatda ekiladi va yig‘ib-terib olinadi.
* * *
Oliy qoidalar yurakda yashaydi. Yurak o‘n minglab oliy qoidani qamrab oladi va ana shu o‘n ming
oliy qoida birgina yurakda jo bo‘ladi.
* * *
Ko‘zsiz oyoqlar yurolmagani va oyoqlar ko‘zsiz ko‘rolmagani kabi bilim va harakat ham mudom bir-
biriga muhtoj.
* * *
Barcha harakatlar oliy qoida o‘zlashtirilgandan so‘ng amalga oshadi. Chunki oliy qoidani tushunmay
turib biror ishni amalga oshirib bo‘lmaydi.
* * *
Bilib turib harakat qilmaslik bilimsizlik demakdir.
* * *
Inson yuragi bitta. Agar bu yurakda oliy
Samoviy qoida saqlanib qolsa, insoniy xohish-istaklar
g‘oyib bo‘ladi. Aksincha, insoniy xohish-istaklar g‘olib kelsa, oliy Samoviy qoida halok bo‘ladi. Olimu
fuzalolar yurakdagi insoniy xohish-istaklarni butkul yo‘qotib, uning o‘rniga
oliy Samoviy qoidani
mangu jo etmoqlari joiz. Eng oliy darajadagi komil donishmandlarning minglab dono so‘zlari
insonlarga oliy Samoviy qoidani tushunib, tizginsiz xohish-istaklarni bartaraf etishni o‘rgatadi.
* * *
Agar inson: «Peshonamga shunday yozilgan» desa-yu, borib omonat devorning tagiga turib olsa
va
devor qulab uni bosib qolsa, buni taqdirga to‘nkab bo‘lmaydi. Inson har bir ishning amalga oshishi
yo‘lida kuchi yetgancha, imkoni boricha harakat qilgandan keyingina taqdir haqida gapirishga haqli.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: