Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
134
NIKKOLO DI BERNARDO MAKIAVELLI (1469-1527)
Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda, ammo uncha boy bo‘lmagan oilada o‘sdi. Uning tarjimai holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud. Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay boshladi. Makiavelli garchi yuqori mansablarda ishlamasa-da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512 yil hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli Florentsiyadan quvib chiqarildi. U keyinchalik hibsga olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor. Makiavelli ham barcha kashfiyotchi ijodkorlar kabi ta’qib va tazyiqlarga duchor bo‘lgan. Jan Boden va Tommazo Kampanella birinchi bo‘lib Makiavelli qarashlarini qoralashgan. Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi hisoblanib kelgan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Hukmdor» (1513), «Tit Liviyning birinchi 10 ta kitobiga doir mulohazalar» (1516-1517), «Mandragora» (1518), «Harbiy san’at to‘g‘risida» (1519-1520), «Andriya» (1519), «Katruchcho Kastrakani hayoti» (1520), «Florentsiya tarixi», «Til haqida so‘zlashuv». Bularning orasida eng mashhuri «Hukmdor» asaridir. 1559 yilda Makiavellining hamma asarlari ilk «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritilgan. * * *
Maqsad vositani oqlaydi.
* * *
Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti.
* * *
Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz kishilar
orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi.
* * *
Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak.
* * *
Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan-
erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar.
* * *
Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning
hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka
mahkum.
* * *
Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otib qo‘yishi mumkin. Buning
sababi shunday izohlanadi: tabiblar deydilarki, sil kasalligini boshlang‘ich davrda aniqlash qiyin, ammo
davolash oson. Agar xastalik o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, aksincha, uni aniqlash oson-u, davolash
mushkul. Davlat ishlarida ham shunday: endigina paydo bo‘layotgan illat o‘z vaqtida aniqlansa, uni
yo‘qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukmdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol
ko‘rinadigan darajada avj olgan bo‘lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi.