Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
153
Narsalar haqidagi esdalik va xotiralar yig‘indisi tajriba deb ataladi.
* * *
Sezgi «nima?» degan so‘roqqa javob beradi.
* * *
Hayratga moyil odamlar yoki juda kam biladilar, yoki o‘zgalardan ko‘ra aqlliroqdirlar.
* * *
O’z jonini saqlashga tirishish – eng buyuk ezgulik. Tabiat in’omini qarangki, hamma o‘ziga
faqat
yaxshilik istaydi.
* * *
Muhtojlik ahmoqlikdan afzalroqdir.
* * *
Erkinlik va zaruriyat doimo birgalikda mavjuddir. Masalan, daryo suvi erkin oqadi. Lekin u o‘zandan
chiqmaslik zaruriyatiga bo‘ysunadi. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, barcha ixtiyoriy harakatlar aslida
majburiydir.
* * *
Xatoga yo‘l qo‘yish uyat emas. Yanglishish hamma odamlarga xos xususiyat. Lekin
olimlar imkon
qadar xato qilmasliklari joiz. Adashish ularning vazifasiga zid ishdir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: