Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
163
* * *
Insonning qalbi va aqli ham xuddi ona tili kabi Vatan timsolidir.
* * *
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan har qanday maqsad o‘z jozibasini yo‘qotadi.
* * *
Biz o‘zimizni qanchalik og‘ir
sharmandalikka duchor etmaylik, sha’nimizni oqlash imkoniyati deyarli
har doim saqlanib qoladi.
* * *
Bir odamni anglashdan ko‘ra, ko‘pchilikni tushunish osonroqdir.
* * *
Dushmanlarimizning biz haqimizdagi fikrlari o‘zimizning bu haqdagi
mulohazalarimizga nisbatan
haqiqatga yaqinroqdir.
* * *
Agar tomonlardan faqat bittasi aybdor bo‘lganda, odamlar o‘rtasidagi nizo bunchalar uzoq
cho‘zilmasdi.
* * *
O’zimiz saqlay olmagan sirni ochmaslikni boshqalardan qanday talab qilish mumkin?
* * *
Biz aslida nima istayotganimizni hech qachon oxirigacha tushuna olmaymiz.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: