Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
167
* * *
Jasorat qolgan barcha ezgu fazilatlarning posboni va tayanchidir. Kimki bu sifatdan mahrum ekan,
o‘z burchini qat’iylik bilan bajarish hamda chin insonga xos barcha yaxshi fazilatlarni namoyish
etishdan ojiz qoladi.
* * *
Insondagi
yovuzlik va ezgulik ham, zararkunandalik va hojatbarorlik ham tarbiyaning mevasidir.
* * *
Yomon tarbiya ko‘rgan odamdagi jasorat – dag‘allikka, bilimdonlik – maydakashlikka, zakovat –
masxarabozlikka, ochiq ko‘ngillik – munofiqlikka aylanadi.
* * *
Ehtimollik bilimdagi kemtiklarni to‘ldiradi.
* * *
Tafakkur xuddi ko‘z kabi atrofdagi narsalarni ko‘rish va tahlil qilish imkonini yaratadi-yu,
lekin
o‘zimiz haqimizda hech qanday bilim bermaydi. Tafakkur yordamida ma’lum masofadan turib
o‘zimizga nazar tashlash uchun bizdan yuksak san’at va mehnat talab etiladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: