Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
161
* * *
Gunoh ishga qo‘l urgan kishiga nasihat qilishga undovchi narsa bizdagi ezgulik emas,
manmanlikdir. Biz aybdorni to‘g‘ri yo‘lga
solish uchun emas, balki o‘zimizning gunohsizligimizga
boshqalarni ishontirish uchun va’zxonlik qilamiz.
* * *
Shodlanish va qayg‘urish darajasi sodir bo‘lgan voqeaning ko‘lamiga emas,
balki bizning
ta’sirchanligimizga bog‘liqdir.
* * *
Mayda ishlarni o‘ta tirishqoqlik bilan amalga oshiruvchilar ko‘pincha buyuk ishlarga qodir
bo‘lolmaydilar.
* * *
Hamma
xotirasidan noliydi-yu, lekin hech kim aqlidan nolimaydi.
* * *
Sevgiga aniq ta’rif berib bo‘lmaydi. Sevgi qalb uchun hokimlik qilish istagi,
aql uchun ichki
o‘xshashlikka intilish istagi, tana uchun esa egalikka intiluvchi nozik va pinhoniy istakdir.
* * *
Keksalikda tashqi qiyofadagi qusurlar bilinib qolgani kabi aqliy noqislik ham oshkor bo‘ladi.
* * *
Odamlar ko‘pincha gunohlarini jazosiz qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun yaxshilik qiladilar.
* * *
Mevalarning yetilish vaqti bo‘lgani kabi, insoniy fazilatlarning ham kamolga yetish fursati mavjud.
* * *
Dorilar tarkibida zahar bo‘lgani kabi, ezgulikka ham qusur aralashishi mumkin.
* * *
Ko‘pgina odamlardagi adolatsevarlik adolatsizlikka ro‘para bo‘lishdan cho‘chish belgisi hisoblanadi.
* * *
Buyuk odamlarning uzoq muddatli musibatlarga
dosh berolmay bukilib qolishi, ularga ruhiy kuch-
qudrat emas, balki izzat-nafs tayanch bo‘lganidan darak beradi.
* * *
Qahramonlar o‘zlarining o‘ta shuhratparastligi bilan oddiy odamlardan farq qiladi.
* * *
Har qanday odamga va amallarga muayyan masofadan turib nazar solmoq joiz. Chunki ba’zi
odamlarni yaqindan qarab tushunish mumkin bo‘lsa, boshqalarni faqat uzoqroqdan
razm tashlab
anglash mumkin.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: