Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
176
* * *
Qonunlarning shafqatsizligi ularning bajarilishiga to‘sqinlik qiladi.
* * *
Shunday haqiqatlar borki, ularga ishonch uyg‘otishning o‘zi kamlik qiladi, ularni his etishga sharoit
va imkon yaratmoq kerak. Axloqqa doir haqiqatlar shular jumlasidandir.
* * *
Insondagi ba’zi illatlar o‘zini o‘zi yetarli darajada hurmatlay olmasligidan kelib chiqsa, ayrim
nuqsonlar bu hurmatning me’yordan oshishi tufayli paydo bo‘ladi.
* * *
Insonning tabiati shundayki, u o‘ziga yaxshilik qilgan odamdan ko‘ra, o‘zining yaxshiligidan
bahramand bo‘lgan odamga ko‘proq bog‘lanib qoladi.
* * *
Odatda fikr sayozligini uni uzaytirish vositasida qoplashga urinadilar.
* * *
Biror odamning qaysarligi meni loqayd qoldirishi mumkin. Lekin odamlardagi qo‘pollikka befarq
qarolmayman. Qaysar odam o‘z qarashlarini – demakki, sha’nini himoya qiladi. Ikkinchi toifa odamlar
esa o‘zgalarning fikriga, ya’ni umumning sha’niga tajovuz qiladilar.
* * *
Biz shunchalar so‘qirmizki, qachon qayg‘urish va qachon shodlanishni bilmaymiz. Deyarli hamma
vaqt soxta qayg‘u va soxta shodlikni boshimizdan kechiramiz.
* * *
Hayot ezgulik qilish uchun in’om etilgan. Men ezgulikdan to‘xtagan kunim hayotimni «qaytarib
beraman». Chunki sabab to‘xtaganda harakat ham tinmog‘i joiz.
* * *
Bitta odamni baxtli qilish uchun qanchalar ter to‘kmoq kerak-a!
* * *
Mening dardim shundaki, kitob yozishga kirishaman-u, u nihoyasiga yetgach, yozganlarimdan
uyalaman.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
177
VOLTER (Fransua-Mari Arue) (1694-1778)
Frantsiyalik faylasuf Fransua-Mari Arue (Volter – uning taxallusi) notarius Fransua Arue oilasida dunyoga keldi.